Toshkentga safar
Assalomu alaykum. Toshkentga qilgan safarimizning ikkinchi uchrashuvi Qudrat domla Abdurahimov bilan bo'ldi. Domlani tanishtirishga hojat bo'lmasa kerak. Chunki yurtimizning barcha dasturchilari domlaning bevosita yoki bilvosita shogirtlari hisoblanadi. O'zim ham Qudrat domlaga nevara shogirt bo'laman. Yangilik sifatida domla hozirda GITA - Dasturchilar Akademiyasiga asos soldilar. Va Online ta'lim bermoqdalar. Suhbat ajoyib bo'ldi. Haqiqatda tajriba tajriba ekanda! Bir gaplari e'tiborimni tortdi. "Millatni taraqqiy ettirish uchun albatta ta'limga e'tibor berish kerak. Bu ishni qilish uchun esa, maktabga e'tiborni kuchaytirish kerak" deydilar muhtaram ustozimiz. Biz esa mana shu jumlalarni mahkam ushlaymizda, endi faqat maktab auditoriyasiga IT bo'yicha kirib borishga harakat qilamiz inshaalloh.
Suhbat so'nggida kamina xodimingiz o'zimni "Axborot texnologiyalar lug'ati" kitobimni sovg'a qildim. Bu mo'jaz kitobni judayam hursand bo'lib qabul qildilar. Kitob bo'yicha o'zlarini xulosalarini ham mamnuniyat ila taqdim qildilar.
Allohdan domlamizni yaxshilik ila siylashini so'rab qolamiz! Xalqimizga xizmatlardan charchamang!
Telegram: @mnshuz
MNSH Android-Academy - Yaxshilik yo'lidagi hamrohingiz.
Post #116
5.45K