Uzcosmos va STAR.VISION o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov va STAR.VISION kompaniyasining guruh bosh ijrochi direktori Danying Fan ishtirok etdi.
Hujjat “Samarkand 2028” giperspektral sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida amaliy yechimlarni sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida giperspektral ma’lumotlardan foydalanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish hamda istiqbolda ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Ushbu hamkorlik kosmik texnologiyalar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini amaliyotda samarali qo‘llash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
———
Uzcosmos и STAR.VISION подписали меморандум о сотрудничестве
В церемонии приняли участие министр цифровых технологий Республики Узбекистан Шерзод Шерматов, директор агентства Uzcosmos Шухрат Кадиров и групповой генеральный директор STAR.VISION Danying Fan.
Документ предусматривает сотрудничество в области тестирования и разработки практических решений на основе гиперспектральных спутниковых снимков "Samarkand 2028".
В рамках сотрудничества планируется изучить возможности применения гиперспектральных данных, поддержки научно-исследовательской деятельности, апробации новых технологий, а также их дальнейшей коммерциализации.
Сотрудничество откроет новые возможности для эффективного практического применения космических технологий и спутниковых данных.
📱 Instagram 📱 LinkedIn
📱 Telegram 📱 Youtube
📱 Facebook 📱 X (Twitter)
Post #24452
48
Forwarded from Uzcosmos


