TGViewer
GAP | Women IT Club GAP | Women IT Club @gapitclub · 1.19K subscribers
Post #188 262
➡️O‘zbekistonda gender tengligi va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

🟢Osiyo taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

⏩Tadbir davomida O‘zbekiston bo‘yicha Mamlakat gender baholovi (Country Gender Assessment) natijalari taqdim etilib, shuningdek, ADB tomonidan ishlab chiqilayotgan Gender tengligi va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish siyosati loyihasi muhokama qilindi.

🔖Tadbirda vazirlik va idoralarning gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahatchilari, Gender tenglik bo‘yicha kengash a’zolari hamda ushbu yo‘nalish uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi. Jumladan, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Elmira Bositxonova, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ham davra suhbatida qatnashdi.

K. Sobirova nutqi davomida mamlakatimizda raqamli transformatsiya jarayonida jinsidan qat’i nazar, har bir fuqaro zamonaviy raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va onlayn xizmatlardan to‘laqonli foydalana olishi muhimligini ta'kidladi.

💬 “Bugun mehnat bozorida yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan AT kompaniyalar professional va zamonaviy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarga tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda. Texnologik kasblarda insonning jinsi emas, uning bilimi, salohiyati va kasbiy ko‘nikmalari hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shu nuqtai nazardan, qizlarni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashga rag‘batlantirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, munosib daromad topishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun muhim qadamdir. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar esa munosib ish o‘rinlarida o‘z salohiyatini namoyon etishi va yuqori daromadli kasblarda faoliyat yuritishi mumkin”, – dedi K. Sobirova.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/221353

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
More from @gapitclub
  1. Sep 24, 2026✨ ICT Week Uzbekistan 2026'da ilk bor xotin-qizlar uchun axborot burchagi tashkil etildi ✨…
  2. Sep 24, 2026🗣 GAP loyihasidan raqamli identifikatsiyagacha: kelajak texnologiyalari muhokamada ✨ ICTW…
  3. Sep 24, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi YUNESKO shafeligida Sun’iy intellekt etikasi bo‘y…
  4. Sep 23, 2026📣 Ertaga “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi! ✨ 24-sentabr kuni IC…
  5. Sep 22, 2026✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da! 🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mam…
  6. Sep 21, 2026📣 Xotin-qizlar uchun “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi 🔠Joriy y…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →