#KelajakMarkazlari
#JadidlarIzidan
📢 “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING UCHINCHI MAVSUMI BOSHLANMOQDA!
Jadidlar boshlagan ma’rifat yo‘lini bugun bilimli, izlanuvchan va mustaqil fikrlaydigan yoshlar davom ettiradi. Bu safda siz ham bo‘ling!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumiga start berilmoqda.
Tanlov:
🔸 6–8-sinf o‘quvchilari;
🔸 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar jadidlar merosini o‘rganadi, asarlarini tahlil qiladi hamda ular ilgari surgan g‘oyalarga bugunning nigohi bilan baho beradi. Bellashuvlar tuman va shahar, hududiy hamda respublika bosqichlarida tashkil etiladi.
🏆 G‘oliblarni munosib imkoniyatlar kutmoqda:
✈️ finalda eng yuqori natija qayd etgan 14 nafar o‘quvchi xorijiy ta’lim sayohatida ishtirok etadi;
🎓 respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarining kasbiy yoki ijodiy imtihonida sohaga oid fan bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🗓 Arizalar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va tanlov nizomi bilan tanishish:
jadidlarizidan.uz✅6-8-sinf✅9-10-sinfMaktabingizdagi “Jadidlar izidan” klubida tayyorgarlikni bugunoq boshlang!
📚 JADIDLAR MEROSINI BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!
#JadidlarIzidan #KelajakMarkazi #YoshlarTanlovi #JadidlarMerosı #KitobxonYoshlar