TGViewer
GAPiRING GAPiRING @gapiring_uz · 16.6K subscribers
Post #2079 293

Forwarded from MY5 TV

#KelajakMarkazlari
#JadidlarIzidan

📢 “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING UCHINCHI MAVSUMI BOSHLANMOQDA!

Jadidlar boshlagan ma’rifat yo‘lini bugun bilimli, izlanuvchan va mustaqil fikrlaydigan yoshlar davom ettiradi. Bu safda siz ham bo‘ling!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumiga start berilmoqda.

Tanlov:

🔸 6–8-sinf o‘quvchilari;
🔸 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar jadidlar merosini o‘rganadi, asarlarini tahlil qiladi hamda ular ilgari surgan g‘oyalarga bugunning nigohi bilan baho beradi. Bellashuvlar tuman va shahar, hududiy hamda respublika bosqichlarida tashkil etiladi.

🏆 G‘oliblarni munosib imkoniyatlar kutmoqda:

✈️ finalda eng yuqori natija qayd etgan 14 nafar o‘quvchi xorijiy ta’lim sayohatida ishtirok etadi;

🎓 respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarining kasbiy yoki ijodiy imtihonida sohaga oid fan bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Arizalar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va tanlov nizomi bilan tanishish:
jadidlarizidan.uz
✅6-8-sinf
✅9-10-sinf

Maktabingizdagi “Jadidlar izidan” klubida tayyorgarlikni bugunoq boshlang!

📚 JADIDLAR MEROSINI BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!

#JadidlarIzidan #KelajakMarkazi #YoshlarTanlovi #JadidlarMerosı #KitobxonYoshlar
  • ❤ 1
More from @gapiring_uz
  1. Sep 30, 2026Aichi-Nagoya 2026: Sportchilarimiz bu gal ham tarixiy natijalar qayd etishga shay 📹 YOUTU…
  2. Sep 30, 2026Bokschimiz sport va ilmni bir nuqtada birlashtirdi 📹 YOUTUBE kanalimizda tomosha qiling!…
  3. Sep 30, 2026O'z raqiblarini ham ustoz sifatida qabul qilgan sportchilar 📹 YOUTUBE kanalimizda tomosha…
  4. Sep 30, 2026Sportchilarimiz tomonidan erishilgan natijalar 📹 YOUTUBE kanalimizda tomosha qiling! Bizg…
  5. Sep 30, 2026Madrimov: Ilm — boksdan qiyinroq ekan! 📹 YOUTUBE kanalimizda tomosha qiling!
  6. Sep 30, 2026«Hammasi nazorat ostida!» Bojxona postlariga tonnalab narkotiklar qayerdan kirib kelmoqda?…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →