📚 Filologiya fakultetida mediasavodxonlik va nutq xavfsizligiga bag‘ishlangan seminar
Filologiya fakultetida talabalari ishtirokida dotsent D. Turdalieva tomonidan “Mediasavodxonlik va nutq xavfsizligi” mavzusida mazmunli seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar davomida bugungi axborot makonida mediasavodxonlikning ahamiyati, axborotni tanqidiy tahlil qilish, ishonchli va ishonchsiz manbalarni farqlash, axborot xavfsizligi hamda fikrni aniq, asosli va mas’uliyat bilan ifodalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari N. Sharofutdinova, M. Burhanova, N. Ahmedova va O. Barziyev ham o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzu yuzasidan muhim fikr va tavsiyalar bildirilib, talabalar bilan savol-javob va fikr almashish jarayonlari tashkil etildi.
✅FarDU rasmiy sahifalari
👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website



