Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitet huzurida faoliyat yuritayotgan Texnopark hamda Qurilish sinov laboratoriyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔹 Jumladan, Texnopark faoliyati, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda startap g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.
✨Shundan so‘ng, universitet huzuridagi Qurilish sinov laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, qurilish materiallari va buyumlarini sinovdan o‘tkazish jarayonlari hamda laboratoriyaning ta’lim jarayonidagi o‘rni o‘rganildi.
Tashrif davomida mazkur tuzilmalarning faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, talaba-yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt






