Farg‘ona davlat texnika universitetida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🔹Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarining oldini olish, shuningdek, yoshlarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
🖇️Shuningdek, uchrashuv doirasida universitetning Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 4-bosqich 80-23-guruh Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabasi Po‘latov Odiljon Tolib o‘g‘lining xalqaro miqyosdagi yutug‘i ham e’tirof etildi.
✨Jumladan, Odiljon Po‘latov Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida o‘tkazilgan VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasining final bosqichida ishtirok etib, 45 ta davlatdan 700 nafar talaba qatnashgan nufuzli olimpiadada faxrli 1-o‘rinni egallagan.
Talabaning ushbu yutug‘ida ota-onasining ham munosib hissasi e’tirof etilib, ularning farzand tarbiyasidagi xizmatlari uchun TASHAKKURNOMA topshirildi.
Bunday e’tirof va yutuqlar universitetda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda erishayotgan natijalarini munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt




