TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #93 1.1K
Elevator pitch!

Men 1.5 yil AQSH da mashhur bo'lgan "truck" sohasida ishlaganman. O'zbekistonda bu soha logistika/dispatching deyiladi va katta pul topish imkoniyati borligi uchun ko'pchilik ishlashni xohlaydi.

Bu biznesning eng katta og'riqlaridan biri bu kuchli va barqaror (consistent) dispetcher topishning qiyinligi. Chunki biznesning muvaffaqiyati 60-70% kuchli operation teamga (dispetcherlar) bog'liq .

Shu muammoni hal qilish uchun KEVIN nomli "AI dispatch" loyihasi ustida ish boshlagan edik. (hozirda loyiha pauzada).

Shu loyihani qanday qilib investorlaga liftda 1 chi etajdan 10 chi etajga ko'tarilguncha 30 soniya ichida aytib berish mumkin? (elevator pitch)!

Misol:
Bir yilda brokerlar tomonidan 'carrier" larga (yuk tashuvchi truck korxonalar) $200 milliard pul to'lab beriladi.
Bu sohaning eng katta og'riqlaridan biri bu yaxshi dispetcher topish qiyin va yildan yilga qiyinlashib boradi. Biz shu muammoni AI dispatcherlar orqali hal qilmoqchimiz. Founding team 2 kishidan iborat: birimiz "Trucking" sohasida 12 yildan ortiq tajribaga ega (hozirda 400+ trucki bor) va ikkinchimiz 7 ta texnologik loyihalarni ishga tushirgan.

1. Bozor hajmi - $200 mlrd.
2. Muammo - Yaxshi dispatcher topish qiyinligi
3. Yechim - AI dispatcher
4. Nima uchun biz - Soha vakili va texnologiyaga javob beradigan asoschi.

Katta ehtimol shu "elevator pitch"dan keyin investor kofe ichishga chaqiradi:)
  • 👍 11
  • 🔥 4
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →