Product/market fit -PMF
🇺🇿 Netscape brauzeri asoschilaridan biri va venchur investor Marc Andresseen mahsulotning bozorga mos tushishini (PMF) shunday izohlaydi:
“Mijozlar sizning produktingizni sotib olish uchun navbatda turadilar, servisingizni foydalanish tezligi juda yuqori bo’lgani sababli siz yangi “fichalar” (features) qo’shishga ulgurmaysiz. Bank hisob raqamingizda mijozlaringizdan tushadigan pul kundan kunga ko’payib boradi. Siz sotuvchi va mijozlarni qo’llab-quvvatlash hodimlarini yuqori tezlikda ishga qabul qilishni boshlaysiz. Jurnalistlar yangi qaynoq loyiha haqida eshitib siz bilan suhbatlashish istagini bildirishadi. Siz eng nufuzli “Yil tadbirkori” sovrinini qo’lga kiritasiz. Sizning startapingizga pul tikishni hohlagan investorlar uyingiz oldida kutib turishadi”
Agar siz Product/market fitni topgan bo’lsangiz, demak startapingiz juda ko’p foydalanuvchilarga kerak bo’lgan muhim produkt yaratishni uddasidan chiqqan.
Bu startap muvaffaqiyati uchun eng muhim palla!
Bozor tayyor emasligi yoki sizning mahsulotingizga ehtiyoj yo’qligi (no market need) startapni o’ldiradigan top 3 sabablardan biri. Bu asoschilar PMF (mahsulotni bozorga mos tushishi)ni topa olishmadi degani.
Men Product/market fit ni topa olganimni qanday bilaman? - Siz buni his qilasiz 🙂
Jiddiy javob:
1. SIzning produktingizga bo’lgan talab juda tez suratda o’sadi;
2. Sizning hisob raqamingizda juda ko’p pul bor;
3. Mijozlarni ushlab qolish foizi yuqori darajada (retention);
4. Organik o’sish;
5. Yuqori NPS (net promoter score) - mijozlar sizning servisingizni tanishlariga o’z hohishlari bilan tavsiya etishadi!
Endi siz kompaniya qurishingiz mumkin!
Product/ market fitni qidirayotgan jarayoningizda yoki hali topmagan bo’lsangiz 2ta narsani past holatda ushlash maslahat beriladi: harajatlaringizni va umidlaringizni.
🇷🇺 Соответствие продукта рынку(PMF)- это когда: “Клиенты выстраиваются в очередь за продуктом, использование растет быстрее, чем вы успеваете закупать сервера. Деньги клиентов наполняют ваши счета. Вы нанимаете продажников и специалистов поддержки на максимальной скорости. Журналисты звонят, потому что узнали о новом горячем проекте и хотят обсудить его с вами. Вы получаете награды “Предприниматель года” от школы бизнеса Гарварда. Инвестиционные банкиры ждут у вашего дома”
Марк Андриссен- сооснователь одного из первых браузеров Netscape и венчурный инвестор.
Если вы смогли найти Product/market fit, значит стартап создал очень востребованный продукт для большого количество пользователей.
Это самый важный момент для успеха стартапа.
“Нет нужды на рынке” (no market need) одна из топ 3 причин почему стартапы умирают. Это как раз тот случай, когда основатели не смогли найти соответствие продукта рынку (product/market fit).
Как я узнаю, что нашел Product/market fit? - Вы почувствуете это! 😁
А если серьезно:
1. Спрос на ваш продукт растет очень быстро;
2. На вашем банковском счете куча денег;
3. У вас высокий процент удержания пользователей (retention);
4. Органический рост
5. Высокий NPS (net promoter score)- клиенты рекомендуют ваш сервис своим знакомым!
Теперь вы можете строить компанию!
Пока вы ищете или не смогли достичь Product/market fit, рекомендуется сохранить 2 вещи на низком уровне: ваши расходы и ожидания.
@founderdotio
Post #29
599
- 👍 10
- 👏 1