Qiziq maslahat oldim.
Biz ko’p holatda o’zimizdan 100 yoki ming qadam oldinda bo’lgan muvaffaqiyatli insonlarga intilamiz, ular qilgan ishlarni qilmoqchi bo’lamiz va ularning tajribasini o’rganishga va tadbiq qilishga harakat qilamiz.
Lekin bizga nisbatan 3-5 yoki 10 qadam oldinda bo’lgan insonlarga katta e’tibor qaratmasligimiz mumkin.
Aslida ularning tajribalari bizga ko’proq muhim va foydali.
Nega? Chunki ular biz bosib o’tmoqchi bo’lgan yo’lni yaqinda bosib o’tishgan va ularning tajribasi, bilimlari va og’riqlari bizga yaqinroq (fresh).
Katta akalarning tajribasiga uzoq yillar o’tgan va bugungi kunda ishlamasligi mumkin, ularning qarichlari katta va sizda bunaqa byudjet va resurslar yo’q bo’lishi mumkin, ularning qarorlari katta korxonaga/jamoaga moslashgan va sizga bu erta bo’lish ehtimoli bor.
Noldan birga (zero to one) kelish kerak bo’lgan davrda 10ni 100 qilish bo’yicha maslahatlar olishga qiziqamiz🤷
@founderdotio
Post #268
1.43K
- 🔥 24
- 👍 13