TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #267 1.72K
Founder led sales.

Nega asoschilar boshlang'ich davrda o'zlari sotishi kerak?

Bu davrda faqat sotuvlar muhim emas, balki mijozingizni chuqur tushunish, mahsulotingizni yaxshilash va takroriy sotuv jarayonini yaratish kerak bo'ladi.

"Early stage" startaplarda mahsulotni, bozorni va og'riqni founderdan yaxshi tushunadigan inson bo'lmaydi. Bundan tashqari sizdagi shijoat va jo'shqinlik mijozlarga ishonch beradi.
Siz eng yaxshi sotuvchi bo’lmasligingiz mumkin, lekin ko’p masalalarni (narx, deadline, qo’shimcha fichalar) joyida hal qila olsiz va bu davrda bu narsa juda muhim.

• Ideal mijozingizni (Ideal Customer Profile) aniqlab birinchi navbatda shu insonlar bilan suhbatlashishni boshlashingiz kerak va ularga sotishingiz kerak.

• Mijozingizning og'rig'ini chuqur o'rganing va mahusltoingizni imkoniyatlarini "pitch" qilishga shoshmang.

• Aniq qiymatli taklif bering (Value Proposition). Bu jarayonda oddiy va mijoz uchun tushunarli so'zlardan foydalaning, jargon va modadagi/buzzwords (AI, Cloud, Blockchain va hokazo) so’zlardan emas.

• Undan keyin potentsial mijozlar ro'yxatini tuzing va ularga aloqaga chiqish yo'llarini qidiring. Bu Linkedin, Email, tanish-bilish, tadbirlar, sovuq telefon qo'ng'iroqlari (cold calls) yoki eshikma-eshik taqillatib yurish bo'lishi mumkin.

• MIjozlar bilan o'zingiz bevosita gaplashing va suhbat davomida sizning yechimingiz haqida emas balki ularning muammosi haqida ko'roq gaplashing. Demo qilishga yoki produktingizni "ficha'lari haqida gapirishga shoshilmang. Sizning mijozingiz ekanligiga amin bo'lganingizdan keyin "demo" qilishingiz mumkin.

• Erta sotuvlar=erta feedback. Siz uchun bu mahsulotingizni yaxshilash va sotuvlarni/marketingni yo'lga qo'yishga juda yordam beradi.

• Birinchi 30-50 ta sotuvni yopganingizdan keyin bu jarayonni "playbook" sifatida hujjatlashtiring:
- Ideal Customer Profile
- Mijozga aloqaga chiqish va ularni o'rganish va sotuv scriptlari
- Demo formati
- Narx va onboarding

• Qayta va qayta (repeatable) sotish jarayonini topganingizdan keyingina birinchi sotuvchini ishga oishingiz mumkin yoki sotuv bo'limini tuzish haqida o'ylasangiz bo'ladi.

“Founders don’t just sell. They discover, shape, and validate a market.”

@founderdotio
  • 🔥 11
  • 👍 7
  • 👏 2
  • 😁 2
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →