TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #240 2.48K
Mijoz yoki muhim insonga aloqaga chiqib natijaga erishmoqchi bo’lsangiz, rasmdagidek alohida-alohida va noaniqlik bilan yozmaganingiz ma’qul.
Bitta matnda va aniqlik bilan yozsangiz javob olish(reply rate) va uchrashuv belgilash imkoniyati oshadi.

Misol:
"Asaalomu aleykum Rustam aka.

Mening ismim Otabek Suvonov - “Sales Doctor” korxonasining asoschilaridan biri va bosh direktori bo'laman.

Yaqinda IT park tomonidan tashkil qilinngan Fintech seminarida prezentatsiyangizni tinglab ko’p narsa o’rgandim.

Suhbat davomida siz aytib o'tgan mobil ilovalarizdagi tranzaktsiya muammosini yechishga yordam bera olamiz.
Vaqtingizga qarab 15 minutlik suhbat qilsak bo'ladi.

Hurmat bilan,
Otabek."

Yoki bundan ham qisqaroq va aniqroq:

"Dilnoza opa assalomu aleykum.

Yaqinda bozorga yangi mahsulot olib kirganlaringizni do'konlarda ko'rdim.

Mijozlar e'tiborini jalb qilish va savdoni oshirish maqsadida merchendayzing standartlarini oshirish haqida o'ylab ko'rganmisilar?

Biz siz kabi Marketing Direktorlariga merchendayzing standartlarini oshirishga yordam berib kelamiz.

Qiziq bo'lsa shu hafta 15 minutlik uchrashuv tashkil qilish imkonimiz bor.

Hurmat bilan,
Komronbek Suvonov"

P.S. Tanimagan insonizga ovozli xabar jo'natmang:)
  • 👍 19
  • 🔥 9
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →