Energiya manbai
“Time management” bu “energy management” degan tushuncha bor. Ya’ni siz vaqtni emas o’zingizni energiyangizni boshqara olasiz va shuning hisobiga naf ko’rasiz(number of right decisions, efiifciency).
Buning uchun siz o’zingizga kerakli bo’lgan energiyani qayis manbalardan olishingiz mumkinligini bilishingiz foydali bo’ladi.
Menda bu manba 3 turga bo’linadi:
1. Kunlik
Yetarli uyqu, ertalabki dush, vaqtida ovqatlanish yoki oila a’zolari bilan bo’ladigan suhbat. Bu manba ko’proq jismoniy va ruhiy ta’sirga ega.
2. Haftalik yoki oylik manba (periodic)
Bu narsa men uchu “perezagruzka” hisoblanadi. Ya’ni har qanchadir vaqtda siz o’zingizni va fikrlaringizni qayta yuklab olasiz(перезагрузка). Men uchun bu “sauna”ga borish yoki yaxshi kino ko’rish va kitob o’qish bo’lishi mumkin. Shu nuqtada siz yig’ilib qolgan charchoqni yengasiz va vaziyatga yangicha qarash paydo bo’ladi.
3. Game changer/motivational
Yaxshi inson yoki kuchli mutaxassis bilan suhbat. Yoki qandaydir “success story” haqidagi xabar. Misol uchun yaqinda bo’lgan ‘Billz va TBC o’rtasidagi EXIT’ kelishuvi.
Bu holat 6 oy yoki bir necha yilda bir kelishi mumkin.
Bu energiya manbai orqali olinadigan energiya uzoq muddatga yetishi mumkin. Sizning hayotga va qilayotgan ishingizga nisbatan qarashingiz va xatti-harakatingiz o’zgaradi.
Bu uchala manba ham bir biriga bog’liq.
Sizning energiya manbaingiz nimada?
P.S. Sizning ishtiyoqingizni oshiradigan holatlardan yana biri bu “quick wins”- tez va kichik g’alabalar.
Post #174
1.12K
- 🔥 9
- 👍 5
- 🎉 1