TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #166 1.42K
Biznes modellar

Startapning muvaffaqiyati yoki 'fail'i uchun to'g'ri tanlangan biznes modelning o'rni muhim.

Quyida asosiy pul topish modellari haqida ma'lumot beraman:

•Product-Based
Jismoniy yoki raqamli mahsulotlarni sotish.
MIsol: Apple, Nike, Artel.
Mahsulotning tannarxi bo'ladi va uning ustiga ustama qo'yib sotasiz.

•Service-Based
Xizmatlarni haq evaziga taklif qilish
Misol: Deloitte, sartaroshxona, konsalting xizmati

•Subscription (podpiska)
Uzluksiz xizmat olish uchun takroriy to'lovlar.
Misol: Netflix. Yandex Music, Sales Doctor.

•Freemium
Asosiy versiya bepul va qo’shimcha qiymat/xizmatlar to’lov evaziga(premium)
Misol: Zoom, Dropbox, Telegram

•Transaction
Xar bir pul o'tkazmasi yoki tranzaktsiyadan komissiya olish.
Misol: Payme, PayPal, Google Play Market

•Marketplace
Xaridorlar va sotuvchilarni bog'laydigan platforma.
Misol: Amazon, Yandex GO, Uzum Market
(E-commerce bundan farqi bor).

•Licensing
Intellektual mulkdan foydalanish huquqlarini sotish
Misol: Microsoft Windows(operatsion tizimlar), ARM (chip design)

•Advertising-Based
Asosiy mahsulot tekin, daromad esa reklamadan bo'ladi.
Misol: Google, Facebook, Kun.uz

•Affiliate
Tavsiya/sotish uchun komissiya olish
Misol: Bloggerlar, ta'sir o'tkazuvchila(influencer), Amazon Associates

•Franchise
Brend/modelingizdan foydalanish huquqlarini sotish
Misol: McDonald's, Starbucks, Dodo Pizza

•Razor & Blade (Бритва и лезвие)
Asosiy mahsulot arzon, qo'shimcha va sarf materiallari esa qimmat.
Misol: Gillette, kofe mashina va kapsula, printer va kartridj

•Pay-as-you-go
Mijoz faqat foydalangan/ishlatgan qismi uchun to'laydi
Misol: Amazon Web Services (AWS)/hostinglar, Taxi xizmati (yurgan masofaga pul to'lash, Marketplacega ham kiradi)

•Crowdsourcing/Crowdfunding
Foydalanuvchilar ijodkorlarga mablag’ sarflaydi yoki ijodiga hissa qo'shadi
Misol: Kickstarter, Gofund me

Sizning modelingiz qaysi biri va qaysi biznes model haqida ko’proq ma’lumot olishni xohlaysiz?

@founderdotio
  • 🔥 11
  • 👍 1
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →