Tasavvur qiling siz Barcelona jamoasi bosh murabbiyisiz.
“La Liga”da chempion bo’lish vazifasi yoki ambitsiyasi bor.
Chempionat 38 turdan iborat va unda yutish uchun sizning jamoangiz ikkinchi o’rinni egallagan jamoaga nisbatan +1 ochko ko’proq to’plashi kerak.
Bu asosiy “Target”!
Jamoa murabbiyi sifatida siz kerakli o’yinchilarni va transferlarni bir yoki bir necha mavsumni ko’zda tutib amalga oshirishingiz mumkin, lekin har bir o’yinga alohida tayyorgarlik ko’rasiz. “Execution” nuqtai nazaridan sizning eng to’g’ri qila oladigan ishingiz bu har bir keyingi o’yinni o’ylash va tayyorgarlik ko’rish. 38ta o’yinni emas.
Startapda ham huddi shunday. Boshlang’ich davrda siz har bir keyingi qadam haqida o’ylashiz kerak va harakat qilishiz kerak. Bu nima uchun muhim?
Sababi sizda hali 3, 6 oy yoki bir yil kesmida reja qilish va harakat qilish qobiliyati/ko’nikmasi yo’q va jamoa ichidagi kommunikatsiyalar ham hali zo’r ishlamaydi. Noaniqliklar ko’p.
Shuning uchun har bir keyingi vazifani bajarganizda savollarga iavob olasiz va jamoa bilan birga ishlashni o’rganasiz. Oldinga yugurib ketishdan ma’no yo’q. Keyingi qadam muhim.
“What is next?” degan savol bilan davom etasiz. Vaqti kelib 3 va 6 oyga reja qilish ko’nikmasi paydo bo’ladi.
Oylik daromadni $10 minga chiqarmoqchi bo’lsangiz siz birinchi $1 ming daromadga qanday erishamiz degan savol bilan boshlang. Keyin 2 ming, 5 ming va hokazo.
P.S. Real Madrid muhlislari mendan hafa bo’lishmasin Barcelona misolida yozganim uchun:)
Post #157
941

- 👍 11
- 🔥 6