Arab davlatlarida investitsion pul ko'p degan tushuncha bor.
Har qanday startap borib bemalol pul ko'tarsa bo'ladi degan gap bo'lardi.
Meh ham shunaqa hom hayolga ishonganman.
Aslida venchur pul rostdanam Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan ko'p va arab startaplariga beriladi, lekin investitsiya olish oson emas.
2 oy davomida "Al-Farabi" Akselratsiyasida qatnashib mahalliy muhitni ozroq tushinishga harakat qildik.
Arab fondlaridan (ayniqsa Saudiya Arabistoni) investitsiya jalb qilish uchun muhim narsalar:
1. Local traction (mahalliy sotuvlar).
Siz boshqa bozorlarda yaxshi sotuvga ega bo'lsangiz ham ularning bozorida kam bo'lsa ham sotuv ko'rsatmasangiz ular qiziqishmaydi.
2. Local company (Saudiyada ochilgan mahalliy korxona).
Arab investorlari uchun sizning u bozorda uzoq ishlash niyatingiz borligini bildiradigan belgi. Ular birinchi o'rinda o'zlarining iqtisodiyotini rivojlanishini xohlar ekanlar.
Kompaniyani ishga tushirish 3 oy va undan ko'proq vaqt oladi.
3. Sabr.
Biz tajribadan va o'sha bozorda ishlagan loyihalrdan o'rgangan narsamiz shundan iboratki u yerda qaror qa'bul qilish juda sekin.
Lekin boshqa turdagi akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari orqali kichiq miqdorda tezroq pul olish imkoni bor.
Post #132
1K
- 👍 7
- 🔥 1