🇺🇿 Startapga g’oya topish
- Muammodan boshlang
Biz oziq ovqat distributsiyasi bilan shug’ullanganmiz va viloyatlardagi savdo va mahsulot qoldig’i nazorati bilan bog’liq muammoga duch kelganmiz. Muammoni hal qilish uchun sherigim bilan savdoni tizimli avtomatizaciya qilish dasturini yaratganmiz, keyin esa kompaniya tashkil qilganmiz.
- Kimdir siz uchun yaratishini xohlagan narsalar haqida o'ylab ko'ring.
MyTaxining bir nechta xodimi ofisga kofe va ovqat buyurtma berishni istashadi. Ular uchun kimdir shu hizmatni kursatishini xohlashadi, ammo bozorda qulay “product” yo’qligi Express24 ning (ovqat va oziq-ovqat yetkazib berish xizmati) yaratilishiga turtki bo’ladi.
- “Buzilgan” (to’g’ri ishlamaydigan) jarayonlarni toping
Ko’pgina sohalarda sizni qoniqtirmaydigan yoki bezovta qiladigan holatlar bor. Misol uchun tibbiyot, ta’lim, bank sohasi, jamoat transporti va hokazolar. Noto’g’ri ishlaydigan va sizni qoniqtirmaydigan prosesslarni (jarayon)toping va unga yechim topishga harakat qiling.
- O’zgarishlar
Oxirgi paytlarda dunyoda bo’layotgan texnologik va boshqa muhim o’zgarishlarni kuzating. Misol uchun texnologiyada qanday o’zgarish bo’ldiki shu kungacha yaratishni ilojisi bo’lmagan g’oyani amalga oshishiga imkon paydo bo’ldi. Pandemiya hayotimizdagi sotib olish, suhbatlashish va boshqa odatlarimizga katta o’zgarishiga sabab bo’ldi va bu holatlar Zoom va Lebazar kabi servislarni rivojlanisiga olib keldi.
GPS navigatsiyasi bor smartfonlarning keng tarqalishi Uber va Yandex taxi kabi ilovalarni yaratilishiga imkon yaratdi.
- Boshqa bozorlardagi muvaffaqiyatli loyihalar
Boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatga erishgan “produkt”larni o’rganing va o'zingizni bozorda uni yaxshi versiyasini ishga tushirishga harakat qiling. Facebook rivojlanishni boshlagan paytda Pavel Durov Rossiyada Vkontakteni ishga tushirdi.
Eng yaxshi startap g’oyalar asoschilar o’zlari yaxshi tushinadigan sohada o’ziga kerakli narsalarni yaratish paytida dunyoga keladi.
Startap g’oya “AJOYIB” bo’lishi shart emas!
#michaelseibel #jaredfriedman #alimkhamitov
Post #13
1.98K
- 🔥 7
- 👍 5