TGViewer
Fitrat.uz Fitrat.uz @fitratuz · 12.2K subscribers
Post #59550 3.3K
#tuhfa

Zangiotada yillar davomida kutilgan yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi

Bundan roppa-rosa to‘rt oy avval Zangiota tumanidagi “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘ida boshlangan bunyodkorlik ishlari bugun yakuniga yetdi.

Hudud aholisi uchun muhim bo‘lgan yangi zamonaviy yo‘l o‘tkazgich tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev, viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, temir yo‘l sohasi vakillari, nuroniylar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochig‘i, mazkur loyiha hudud aholisi uchun yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan transport masalasiga amaliy yechim bo‘ldi.

Avvallari poyezdlar harakatining uzluksizligi sababli mazkur hududdagi temir yo‘l kesishmasida avtomobillar va piyodalar harakatida qator noqulayliklar yuzaga kelar, transport vositalarining kutib qolishi aholining ortiqcha vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lardi. Eng muhimi, bu holat harakat xavfsizligini ta’minlash borasida ham qo‘shimcha choralarni talab etardi.

Endilikda esa ushbu muammo zamonaviy infratuzilmaviy yechim asosida bartaraf etildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘idagi 3384-kilometr, PK-2 nuqtasida mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnida yangi yo‘l o‘tkazgich barpo etildi.

Loyiha doirasida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Jumladan, uzunligi 23,6 metr bo‘lgan bir dona ikki yo‘llik yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilib, temir yo‘l izlari o‘z joyiga qaytarildi. Shuningdek, 1200 metr uzunlikdagi aylanma temir yo‘l hamda avtomobil yo‘li barpo etildi.


Tantanali marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi yangi yo‘l o‘tkazgichning hudud transport infratuzilmasidagi ahamiyatiga to‘xtalib, bunday loyihalar, avvalo, aholiga qulaylik yaratish, harakat xavfsizligini ta’minlash va vaqtni tejashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng ramziy qizil lenta kesilib, yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida undan ilk avtomobillar harakati ham yo‘lga qo‘yildi.

Milliy qadriyatlarimizga ko‘ra, xayrli ish munosabati bilan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovatlar qilindi.

Yangi yo‘l o‘tkazgichning foydalanishga topshirilishi Zangiota tumani aholisi, shuningdek, ushbu hudud orqali tranzit harakatlanuvchi fuqarolar uchun muhim qulayliklarni yaratadi.

Endilikda bu yerda tirbandliklarning oldini olish, transport harakatini tartibga solish, fuqarolarning vaqtini tejash, avtomobil yo‘llaridagi kundalik yuklamani kamaytirish hamda haydovchi va piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

✈️Telegram 👤Facebook 🎥Youtube 📸 Instagram

Дўстларингизга ҳам улашинг:
https://t.me/joinchat/AAAAAEGj0hkBXGlopIDbXA
  • 👍 10
  • ❤ 6
  • 🔥 3
  • ✍ 1
More from @fitratuz
  1. Oct 16, 2026ЖУМАНИНГ СУННАТЛАРИ: 1. Жума учун ғусл қилиш. 2. Хушбўй нарсалар суртиш. 3. Чиройли кийимл…
  2. Oct 16, 2026#QURON 🗣Kahf surasi 🎙 Шайх Алижон қори 👤Facebook 🎥Youtube ✈️Telegram 📸 Instagram
  3. Oct 16, 2026🕋🕋🕋🕋 АССАЛОМУ АЛАЙКУМ! Тилимиздан чиққан, қалбимиздан ўтган, биз билмаган, аммо биз уч…
  4. Oct 15, 2026Ассалому алайкум! Ушбу файзли куннинг шарофатидан Аллоҳим барча солиҳ амалларимизни қабул…
  5. Oct 15, 2026Fitrat.uz pinned a photo
  6. Oct 15, 2026“... албатта, намоз мўминларга вақти тайин фарз бўлгандир” (Нисо сураси 103-оят) 2026/1448…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →