TGViewer
Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik @finlituzb · 9.91K subscribers
Post #6978 4.6K
Joriy yilning 4-may kuni “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Uzcard” milliy to‘lov tizimi hamkorligida “Global Money Week – 2026” xalqaro kampaniyasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari” loyihasi ambassadorlari hamda respublikadagi noqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar.
Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar moliyaviy savodxonlik kurslarida olgan bilimlarini namoyon etib, shaxsiy moliyani samarali boshqarish, raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, shuningdek, moliyaviy qarorlarni ongli qabul qilishga oid savollarda faol qatnashdilar. Shu bilan birga, ishtirokchilar tahliliy fikrlash, mantiqiy yondashuv, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun madaniy hordiq dasturi ham tashkil qilindi.

O‘yin yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#MarkaziyBank #GlobalMoneyWeek #MoliyaviySavodxonlik #Zakovat #UZCARD #IpotekaBank #Uzum #Uzbekistan
  • ❤ 7
  • 🔥 2
More from @finlituzb
  1. Jul 1, 2026Tanishing — Fazilat Kariyeva! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, xalq…
  2. Jun 1, 20262025-yil davomida FinLit Network yuzlab yoshlarni birlashtirdi. 500 dan ortiq ishtirokchil…
  3. May 27, 2026🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! FinLit jamoasi ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga tinchlik…
  4. May 26, 2026Global Money Week 2026 doirasida FinLit Network hamda Kapitalbank hamkorligida yoshlar uch…
  5. May 16, 2026Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 9-sonli FinTalk bo‘lib o‘tdi 🚀 3 n…
  6. May 9, 2026🕊️ Bugun biz yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarn…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →