TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

@finlituzb

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti

Materiallardan foydalanishda kanalga havola berish zarur

Savol-javob: @finlituzbchat
Канал на русском: @finlituzb_ru

(71) 212-73-59
Admin: @finlitteam
Subscribers
9.91K
Photos
3.7K
Videos
1.2K
Links
3.4K
Recent Posts 8 shown
Post #6994 5.07K
Tanishing — Fazilat Kariyeva!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, xalqaro yoshlar tashabbuslarining faol ishtirokchisi, Global Money Week doirasida o‘tkazilgan FinLit Network Awards 2025 tanlovining "Eng yaxshi spiker" nominatsiyasi g‘olibi hamda FinTalk sahnasida minglab yoshlarni ilhomlantirgan spiker.

#FinLitNetwork #FinTalk #FinLitNetworkAwards2025 #GlobalMoneyWeek #FinancialLiteracy #YouthLeadership #Inspiration #UzSWLU #YoungLeader
  • ❤ 21
  • 👍 6
  • 🔥 1
Post #6993 13.5K
2025-yil davomida FinLit Network yuzlab yoshlarni birlashtirdi.
500 dan ortiq ishtirokchilar.
20 dan ortiq spikerlar.
O‘nlab uchrashuvlar va loyihalar.


Lekin FinLit Network'ni raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydi.
Bu film — bir yil davomida ushbu loyihaga qancha mehnat, qancha ishonch va qancha qalb qo‘yilganini ko‘rsatadi.

Qolganini esa keling, birgalikda tomosha qilamiz 😊
  • ❤ 11
  • 🔥 6
  • 👍 5
Post #6992 6.2K
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

FinLit jamoasi ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga tinchlik, mehr-oqibat va xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaydi.
Bu bayram qalblarga yorug‘lik, oilalarga totuvlik, hayotimizga esa ezgu niyatlar olib kelsin.


✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin!
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 😁 3
Post #6991 4.8K
Global Money Week 2026 doirasida FinLit Network hamda Kapitalbank hamkorligida yoshlar uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi 🚀

Tadbirda bank sektori, ta’lim va biznes yo‘nalishidagi turli tashkilot vakillari spiker sifatida ishtirok etib, talabalar bilan moliyaviy tafakkur, kasbiy rivojlanish, zamonaviy iqtisodiyot va yoshlar imkoniyatlari haqida o‘z tajriba va fikrlari bilan bo‘lishdi.

Tadbirning keyingi qismida esa FinLit Network Awards 2025 doirasida yilning eng faol ishtirokchilari taqdirlandi 🏆

Ochiq ovoz berishda 27 000 nafardan ortiq inson ishtirok etdi.

Har bir g‘olib maxsus kubok va esdalik sovg‘alari bilan ✨

#FinLitNetwork #FinLitAwards #GlobalMoneyWeek #FinancialLiteracy #KapitalBank #YouthLeadership #Networking #YoungLeaders #CentralBankUzbekistan
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #6979 5.66K
Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 9-sonli FinTalk bo‘lib o‘tdi 🚀

3 nafar spiker o‘z mavzulari bilan sahnaga chiqib, real tajriba va fikrlari bilan bo‘lishdi.

-“33 mln so‘mga qanday biznes qilsa bo‘ladi?” degan savolga esa talabalar tayyor g‘oyalar bilan javob berdi 🧐

“Micro Project Talk” doirasida 4 ta jamoa biznes-reja tuzib, o‘zaro challenge qildi — kredit, strategiya, xarajat va daromad hisobi real keyslarda ishlab chiqildi.
  • ❤ 12
  • 🔥 2
Post #6978 4.6K
Joriy yilning 4-may kuni “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Uzcard” milliy to‘lov tizimi hamkorligida “Global Money Week – 2026” xalqaro kampaniyasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari” loyihasi ambassadorlari hamda respublikadagi noqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar.
Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar moliyaviy savodxonlik kurslarida olgan bilimlarini namoyon etib, shaxsiy moliyani samarali boshqarish, raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, shuningdek, moliyaviy qarorlarni ongli qabul qilishga oid savollarda faol qatnashdilar. Shu bilan birga, ishtirokchilar tahliliy fikrlash, mantiqiy yondashuv, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun madaniy hordiq dasturi ham tashkil qilindi.

O‘yin yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#MarkaziyBank #GlobalMoneyWeek #MoliyaviySavodxonlik #Zakovat #UZCARD #IpotekaBank #Uzum #Uzbekistan
  • ❤ 7
  • 🔥 2
Post #6977 4.35K
🕊️ Bugun biz yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat bilan eslaymiz.

✨ Qahramonlar xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi. Ularning jasorati va matonati barchamiz uchun ibratdir.

9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin! 🇺🇿

🚀@finlituzb_ru
  • ❤ 9
Post #6967 5.9K
4-may kuni Global Money Week 2026 doirasida Zakovat intellektual turniri bo‘lib o‘tdi. 🏆

Markaziy bank, UZCARD, Ipoteka Bank OTP Group va Uzumbank hamkorligida tashkil etilgan tadbir bilim, jamoaviy ruh va sog‘lom raqobatni bir maydonda birlashtirdi.

Turnirda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalaridan “Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari” loyihasi vakillari, shuningdek, moliyaviy savodxonlik kurslarini tamomlagan talabalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlash qobiliyati hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin yakunida eng kuchli jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 🏅💪

#MoliyaviySavodxonlik #GlobalMoneyWeek #MarkaziyBank #UZCARD #IpotekaBank #Uzum #Zakovat
  • ❤ 10
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @finlituzb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik have?
Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik (@finlituzb) has 9.91K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →