American-Uzbek Business & Investment Council — xalqaro darajadagi tashkilot uchun korporativ website dizayni.
Ikki davlat o'rtasidagi biznes aloqalarini mustahkamlaydigan tashkilot uchun dizayn qilish — bu alohida mas'uliyat. Bunday platformada har bir element ishonch uyg'otishi kerak, chunki auditoriya — investorlar, biznes vakillari va xalqaro hamkorlar.
American-Uzbek Business & Investment Council — AQSH va O'zbekiston o'rtasidagi savdo va investitsiya hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus. FidoStudio jamoasi ushbu loyiha uchun to'liq website dizaynini ishlab chiqdi.
Dizayn jarayonida nimalarga e'tibor qaratdik:
Xalqaro biznes estetikasi. Loyihaning xalqaro va biznes yo'nalishidagi tabiatidan kelib chiqib, ishonchli, professional va zamonaviy vizual uslub yaratdik — ortiqcha bezaklarsiz, lekin quruq va zerikarli ham emas.
Katta hajmdagi kontentni tartibga solish. Kengash faoliyati, yo'nalishlari, yangiliklar va tadbirlar — bularning barchasi bitta platformada aniq va tushunarli taqdim etilishi kerak edi. Vizual ierarxiya, navigatsiya va kontent strukturasi foydalanuvchi kerakli ma'lumotni bir necha soniyada topa oladigan qilib qurildi.
Maqsadli auditoriya uchun UX. Investor saytga aniq maqsad bilan kiradi — unga tez javob kerak. Shuning uchun sayt arxitekturasi "tanishuv → faoliyat yo'nalishlari → yangiliklar" mantiqiy yo'li asosida loyihalandi.
Natijada tashkilotning xalqaro maqomi va biznes missiyasini aks ettiruvchi zamonaviy korporativ website dizayni yaratildi — AQSH-O'zbekiston biznes hamkorligi haqidagi yangiliklar uchun ishonchli raqamli manba.
Bu loyiha portfoliomizdagi yana bir muhim yo'nalishni ko'rsatadi: FidoStudio nafaqat fintech va mobil mahsulotlar, balki xalqaro darajadagi korporativ platformalar dizaynida ham tajribaga ega.
Batafsil loyiha haqida: https://www.fido.studio/cases/american-uzbek-business-investment-council
Barcha case'larimiz bilan tanishing: https://www.fido.studio/cases
#FidoStudio #WebDesign #UIUX #CorporateDesign #Uzbekistan #USA #BusinessCouncil #CaseStudy
Post #172
179




- 🔥 2