TGViewer
Fido Studio Fido Studio @fidostudio · 198 subscribers
Post #163 195
Bugun Fido Studio jamoasi tomonidan amalga oshirilgan Marinno case haqida yozmoqchiman.

Vazifa: mijoz uchun nafaqat chiroyli, balki to'lovni real vaqtda qabul qila oladigan (Click va Payme integratsiyasi bilan) website va sotuv do’konlari uchun animatsion rolik kerak edi.

Buni uchta yo'nalishda parallel olib bordik:

Dizayn va development jamoasi — Webflow da to'lov tizimi bilan integratsiyalashgan website yaratdi

Fotograflar jamoasi — saytdagi barcha professional suratlarni tayyorladi

Motion dizayn jamoasi — 32 ta filialdagi monitorlar uchun animatsion roliklar ishlab chiqdi.

Har bir yo'nalish mustaqil jamoa tomonidan boshqarildi, natija esa yagona va yaxlit brend tajribasi bo'ldi. Aynan shu parallel ishlash tufayli loyihani atigi 2 oyda to'liq yakunladik.

Natija:
CTR ko'rsatkichi sanoat o'rtachasidan 3–4 barobar yuqori — sayt Google da ko'rinmoqda.

Trafikning 98% aynan O’zbekistondan — SEO strategiyasi to'g'ri auditoriyaga qaratilgan.

Bor-yo'g'i 28 kun ichida 600+ organik bosish — hech qanday reklama byudjetisiz, faqat texnik SEO va tezkor sayt asosida.

Fido Studio da biz saytni faqat "chiroyli ko'rinish" uchun emas, balki mijozning biznesi uchun ishlaydigan vosita sifatida quramiz.

Loyihaning to'liq presentatsiyasi bilan tanishish uchun: 👉 https://www.fido.studio/cases/marinno-shashlik

Barcha case'larimiz: 👉 https://www.fido.studio/cases

#FidoStudio #Webflow #WebDesign #UIUX #SEO #Uzbekistan #Toshkent #CaseStudy
More from @fidostudio
  1. Sep 10, 2026Bugun TAF26 doirasida Creativity & Craft yo’nalishida mahalliy loyihlarni baholash qismida…
  2. Sep 9, 2026Fido Studio Video editor va Operator qidiryabdi. Lavozimga talablar: • Showreel, tijoriy i…
  3. Aug 13, 2026American-Uzbek Business & Investment Council — xalqaro darajadagi tashkilot uchun korporat…
  4. Aug 10, 2026Case Study: Orient Finans Bank — Mobile ilova va Internet Banking dizayni Ba'zi loyihalar…
  5. Aug 4, 2026Kelajak fintech ilovasi qanday bo'lishi kerak? payme.uz uchun konsept dizaynimiz Payme yaq…
  6. Jul 30, 2026KATM — "Kredit-axborot tahliliy markazi" uchun mobil ilova dizayni. Kredit byurosi kabi ji…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →