Sog'liq. (1-qism)
2 - qism.
Bir oz avval, to’g’ri ovqatlanish va doimiy mashq qilish sog’liq uchun yuqpri darajada muhimligi, va odatda bunga befarqligimiz to’g’risida gaplashgandik. Bugungi postda, bu mavzuga yanada chuqurroq yondashgan holda, iste'mol va doimiy harakatning miya va ruhiy holati haqida gaplashamiz.
Nimalar istemol qilayotganimiz, kun davomida o’zimizni qanday his qilishimiz, va ruhiy salomatligimizga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Psixolog va tadqiqotchi Dr. Palmer ruhiy kasalliklarni - miyadagi metobolik kasalliklardir deb tariflaydi. Palmer, ko’plab ruhiy kasalliklardan(depressiya, tashvishlanish, shizinoferina) azob chekayotgan bemorlarini turli xil parhezlar bilan davolashni uddasidan chiqgan. Ulardan biri bu Keto Diet. Qisqacha qilib aytganda ushbu parxezda uglevodga boy bo’lgan taomlardan voz kechiladi, bularga barcha xamirli taomlar, gurunch, non, va hokazolar kiradi. Bu haqida chuqurroq detallar bilan online manbalarda o’qishingiz mumkin.
Gazlik ichimliklar va fast food kabi mahsulotlarni iste’mol qilmaganimga deyarli 1 yil bo’ldi.
Zalga muntazam ravishda borayotganimga 4 oy bo’ldi
To’liq 7-8 soatlik uyqu olayotganimga deyarli 2 oy bo’ldi.
Bir narsani aytishim mumkunki, yuqoridagi barcha narsalar bir biriga chambarchas bog’liq, va boshqa narsalarga e’tibor berishdan oldin, sog’lig’ingiz birinchi kelishi lozim. Barchasini boshlaganimdan beri ancha narsalar o’zgardi. Ertalab uyg’onishga qiynalmayman, hissiyotlarimni jilovlash oson, va deyarli har kuni o’zimni energiyaga to’la va yaxshi his qilaman. Natijada, barcha vazifalarim va ishlarimga bor diqqatimni bergan holda vaqtim sifatli o’tadi. Oila, do’stlar va akademik hayotimga yetarlicha vaqt taqsimlay olaman.
Ovqatlanish va ruhiy salomatlik haqida podcast - link
Instagram | Telegram
Post #157
2.8K
- 👍 37
- ❤ 10
- 🫡 4
- 🆒 4
- ⚡ 1
- ✍ 1
- 🔥 1
- 🌚 1