1-qism
Sog'liq.
Hamma ham hayotda muvaffaqiyatli bo’lishga, va qandaydir maqsadlarga erishgisi keladi. Ammo, har qanday marraga yetib borish uchun eng birinchi o’rinda kerak bo’lgan Sog’liqga juda kam e’tibor beriladi. Bizda esa, yog’li, va sog’liq uchun zararli bo’lgan ovqatni yeb bo’lgandan keyin, “Umrimiz uzoq bo’lsin” deb duo qilishdan boshqa chora ko’rilmaydi. Yaxshi niyat qilish bilan birgalikda, ancha harakat ham qilish kerak.
Misol uchun, 2019-yilning o’zida, 195 ta davlat orasida O‘zbekistonda ovqatlanish bilan bog‘liq o‘lim holatlari eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo’libdi – 100 000 kishiga 892 ta o‘lim(Manba.) Albatta, to’g’ri/sog’lom ovqatlanish yaxshi miqdorda pul talab qilishi mumkin, lekin bizda bor mazali sabzavot, meva va ko’katlar orqali yaxshi, me’yorli ovqatlanish tartibini yo’lga qo’yish mumkin.
Bu bir masala, boshqasi esa harakatda bo’lish/jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’illanish. Oddiy qilib aytganda, tana doimiy harakatda bo’lsa, qon yaxshi aylanadi, va tananing barcha qisimlariga yaxshi yetib boradi, tanada ortiqcha yog’ to’planmaydi. Semizlik esa, deyarli har qanday o’lim havfini keltirib chiqaruvchi kasalliklarga olib keladi, va hayot davomiyligini qisqartiradi. Bizda odatda, maxsus sportzalga borish u yoqda tursin, uyda ham mashq qilinmaydi. Ayniqsa, kattalar (35+) ishlarni yoshlarga buyurishni boshlashadi, ya’ni hattoki uydagi yumushlarni qilishni ham to’xtatishadi.
Qissadan hissa, keyingi safar ichingizga qanday ovqat qo’yayotganingiz, va qanchalik harakatchanligingiz, tana va miya faoliyatingizga qay darajada muhimligi haqida o’ylab ko’ring. O’z tanangizga bu darajada shafqatsiz bo’lmang!
Instagram | Telegram
Post #131
3.09K
- 🆒 40
- 👍 20
- ❤ 9
- ✍ 3
- ⚡ 3
- 🔥 1
- 😁 1
- 💯 1