TGViewer
Channel Public Channel
Fermerlar Maktabi

Fermerlar Maktabi

@fermermaktab_uz

🌱Fermerlikni o‘rgatadigan innovatsion maktab
🇺🇿O‘zbekistonning 5 ta viloyatida:
▪️Toshkent
▪️Аndijon
▪️Nukus
▪️Samarqand
▪️Termiz

Telegram-bot: https://t.me/fermerlar_maktabi_bot

📞+998771247999
📞+998771257999

🌐Bizning saytimiz:
https://fermermak
Subscribers
2.3K
Photos
1.3K
Videos
184
Links
431
Recent Posts 18 shown
Post #1835 270
🍯Asal ham aynishi mumkinmi?

🐝Tabiiy asal ham ayrim holatlarda aynishi mumkin. Bunga, asosan, asalning to‘liq pishib yetilmasdan yig‘ib olinishi va tarkibidagi namlik miqdorining me’yordan yuqori bo‘lishi sabab bo‘ladi.

🌼Asalarilar o‘simlik gullaridan tarkibida taxminan 60% namlik bo‘lgan nektarni yig‘ib, uni qayta ishlash orqali asalga aylantiradi. Yetilish jarayonida asal tarkibidagi suv miqdori kamayib, 14–21% atrofida bo‘ladi. Shundan so‘ng asalarilar asal bilan to‘lgan uyachalarni mum bilan berkitadi. Bu asalning yetilganligini bildiruvchi muhim belgilardan biridir.

🤩Asal nima sababdan ayniydi?

Agar asalarichi asalni to‘liq yetilmasdan yig‘ib olsa, uning tarkibidagi namlik 21% dan oshishi mumkin. Bunday sharoitda asalning achish va aynish xavfi ortadi.

🍯Saqlash jarayonida asal 1–3 oy ichida kristallanishi va ayrim hollarda qatlamlarga ajralishi mumkin. Biroq kristallanishning o‘zi asal ayniganligini anglatmaydi.

🔎Aynigan asalning asosiy belgilari:
🟡 Asal yuzasida suyuq qatlam paydo bo‘lib, uning miqdori asta-sekin ortadi.
🟡Yuqori qismida ko‘pik hosil bo‘la boshlaydi.
🟡 Asalning odatiy ta’mi o‘zgarib, achish belgilari seziladi.
🟡 Rangi va tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar kuzatiladi.

⚠️Muhim! Asalda achish, ko‘piklanish va yoqimsiz hid kabi belgilar kuzatilsa, uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 😢 1
Post #1834 320
Rambutan haqida eshitganmisiz?

😍Rambutan dunyodagi eng mashhur tropik mevalardan biri bo'lib, o‘zgacha ko'rinishdagi "uzun tuklari" bilan ajralib turadi.

🌍 Asosan Malayziya, Tailand, Hindiston va Janubiy Amerika davlatlarida yetishtiriladigan bu mevaning qizil va tukli po‘sti ostida shirin ta'mga ega mayin va oppoq yumaloq mag'zi joylashgan. Tatib ko‘rish uchun albatta mevani o‘rtasidan ikkiga bo‘lish zarur.

🍭 Ushbu mevani asosan yangi uzilgan yoki shakar bilan konservalangan holda iste'mol qilish tavsiya etiladi.

‼️ Meva yetishtirilayotganda va uni tatib ko‘rayotganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak, sababi – mevaning xom urug‘lari zaharli, ammo qovurilganlari zararsizdir.

⭐️ Xarid jarayonida asosan uning rangiga e'tibor qaratish tavsiya etiladi, chunki rangi qanchalik pushti bo‘lsa, ta'mi shuncha shirin va mazali bo'ladi.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1833 362
🍋Limonni zararkunanda va kasalliklardan qanday himoya qilamiz?

🤩Limon daraxtining sog‘lom rivojlanishi va sifatli hosil berishida zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi o‘z vaqtida kurashish muhim ahamiyatga ega.

🦠Asosiy zararkunandalar: yumshoq soxta qalqondor, o‘simlik bitlari va kanalar. Zararlanish belgilari aniqlanganda o‘simlikni muntazam kuzatib, zaruratga ko‘ra tegishli himoya choralarini ko‘rish lozim. Purkashda, ayniqsa, barglarning pastki qismiga e’tibor qaratiladi, chunki ko‘plab zararkunandalar aynan shu joyda to‘planadi. Muhim: limon g‘unchalash va gullash davrida kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish tavsiya etilmaydi. Himoya tadbirlarini ertalab yoki kechqurun, havo salqin paytda amalga oshirish maqsadga muvofiq.

🍃Qora kuyasimon zamburug‘ paydo bo‘lishi ko‘pincha so‘ruvchi zararkunandalar faoliyati bilan bog‘liq. Shu sababli kasallik alomatlarini bartaraf etish bilan birga uning asosiy sababini — zararkunandalarni ham nazorat qilish zarur.

🌳 Gommoz — yelim oqishi kuzatilganda zararlangan po‘stloq va yog‘och qismi sog‘lom to‘qimagacha ehtiyotkorlik bilan tozalanadi. Jarohatlangan joy dezinfeksiya qilinib, keyinchalik himoya qatlami bilan qoplanadi. Limon daraxtini muntazam kuzatish, zararkunanda va kasalliklarni dastlabki bosqichdayoq aniqlash — sog‘lom o‘simlik va sifatli hosilning muhim shartidir

⚠️O‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishda faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan preparatlarning amaldagi yo‘riqnomasi, tavsiya etilgan me’yori va xavfsizlik talablariga rioya qiling.
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1832 404
🥔KECHKI KARTOSHKADAN MO‘L HOSIL OLISH UCHUN NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

🌟Kechki kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olish uchun ekishdan boshlab parvarishlashgacha bo‘lgan har bir jarayonni to‘g‘ri tashkil etish muhim.

🌱 Yer tayyorlash - ekin qoldiqlaridan tozalangan maydonni talab etilgan chuqurlikda shudgorlang va ekish uchun ariq-egatlarni sifatli tayyorlang.
🌡Ekish muddatini to‘g‘ri belgilang - Tuproq haroratini inobatga olib, kartoshkani maqbul muddatda ekishni tashkil eting.
💧Suv va o‘g‘itdan oqilona foydalaning - Suv resurslarini tejab foydalaning. 1–2-suv oralig‘ida mineral o‘g‘itlarni tavsiya etilgan me’yorlarda berish o‘simlikning yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil shakllanishiga xizmat qiladi.
🌿Rivojlanish fazalarini kuzating - Kartoshkaning o‘sish va rivojlanish bosqichlarini muntazam nazorat qilib, har bir fazaga mos agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshiring.
🐞Zararkunandalarga qarshi kurashing - Gullashdan avval kolorado qo‘ng‘izi, simqurt va boshqa zararkunandalarga qarshi zaruratga ko‘ra, tavsiya etilgan preparatlar bilan himoya tadbirlarini o‘tkazing.
💦Gullash davrida sug‘orishga e’tibor bering- Kartoshka gullagandan so‘ng suvni belgilangan me’yorlarda berish, tuproq namligini me’yorda ushlab turish muhim.
❄️Sovuqdan himoya qiling - Kuzda qisqa muddatli sovuq havo kuzatilsa, ekinni duga ustiga tortilgan plyonka yoki agrovolokno (agrotola) bilan yopib, sovuq ta’siridan asrang.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1831 436
🍂Kuz keldi — dalada ishlar tugamaydi, aksincha yangi mavsum boshlanadi!

🌻Kuz — kelgusi yil hosiliga zamin yaratadigan muhim davr. Aynan shu paytda to‘g‘ri tanlangan ekin va belgilangan ekish muddati mo‘l hosilning dastlabki qadamidir.

🌾Bug‘doy va arpa — kuzgi ekinlarning asosiy vakillari.
🧄Sarimsoq — sovuqni tuproqda o‘tkazib, bahorda jadal rivojlanadi.
🧅Piyoz — ayrim navlari kuzgi ekishga mos.
🥕Sabzi — kech kuzda ekilib, bahorda unib chiqishi mumkin.
🌱Ismaloq, kashnich va ukrop — salqin havoni xush ko‘radigan ko‘katlar.

💡Ammo ekin ekishning o‘zi yetarli emas! Hosilning poydevori — to‘g‘ri muddat, sifatli urug‘, unumdor tuproq va mos agrotexnik tadbirlardir.

📌Eslab qoling: kuzgi ekinda eng muhim masala — “Nima ekish?” bilan birga “Qachon va qanday ekish?” savoliga ham to‘g‘ri javob topishdir.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #1830 690
🤩Anor po‘stining yorilishi va ichki qismining chirishi sabablari

🍎Po‘stloqning yupqaligi, bir tup daraxtda hosilning me’yordan ko‘payib ketishi, ba’zi mikroelementlarning yetishmasligi, ob-havoning keskin o‘zgarishi.

🔫Pishib turgan anorni ko‘p sug‘orib yuborish ham po‘stloqning yorilib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bog‘bonlar meva sirtini namlab turishni tavsiya etishadi.

🟢Mevani terib olish va qadoqlash jarayonida me’yoridan ortiqcha yuklanishi - shikastlanish va sifati buzilishiga olib keladi. Saqlash jarayonida haroratning keskin ko‘tarilishi esa, ichki qismining chirishiga sabab bo‘ladi.

📌E’tiborli tomoni, agarda anor pishib yetilgan vaqtida yomg‘ir ostida qolib ketsa ham po‘stlog‘i chirib, yorilib ketishi mumkin. Bu esa, sifat buzilishiga va xaridorgirligini yo‘qolishiga olib keladi.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1829 698
✨1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar" kuni

🍃 Ustoz - bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlari, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat fido qiluvchi zotdir.

💐Barcha ustozlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

🌷Hurmat bilan Fermerlar maktabi!
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1828 667
Sharq mevaxo‘ri — mevali daraxtlar uchun xavfli.

🐛Sharq mevaxo‘ri (Grapholita molesta) — mevali daraxtlarga jiddiy zarar yetkazuvchi xavfli zararkunandalardan biri bo‘lib, ilk bor 1899-yilda Yaponiyada aniqlangan. 1913-yilda AQShda, 1980-yilda esa O‘zbekiston hududida qayd etilgan. Bugungi kunda ushbu hasharot olma, shaftoli, o‘rik, nok kabi ko‘plab mevali daraxt turlariga tahdid solmoqda.

💚Zararkunandaning tanasi kulrang-qo‘ng‘ir rangda, oldingi qanotlarining old qismida yetti juft oq dog‘ bilan ajralib turadi. Mo‘ylovi ipsimon shaklda, sarg‘ish-oq rangda bo‘lib, mayin tukchalar bilan qoplangan. Tuxumlari ovalsimon va oq rangda, lichinkalari esa sutsimon oq bo‘lib, aynan shu bosqichda eng katta zarar yetkazadi — meva po‘stini teshib, ichkarisiga kiradi va mevani chiritadi.
 
☘️Zararkunandaga qarshi agrotexnik va kimyoviy kurash usullari mavjud. Agrotexnik usullar doirasida daraxtlarning qurigan, zararlangan shoxlari kesilib, yoqib yuboriladi; daraxt tanasiga tutqich belbog‘lar o‘rnatiladi. Shuningdek, kuzgi chuqur shudgorlash, begona o‘tlarni yo‘qotish kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
 
Kimyoviy kurash choralari sifatida esa selektiv ta’sirga ega bo‘lgan insektitsidlar, xususan Bi-58 preparatidan foydalanish tavsiya etiladi. Davolash ishlari vegetatsiya davriga moslashtirilgan holda, zararkunanda rivojlanish bosqichlariga qarab amalga oshiriladi.
 
🌱Qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilishda sharq mevaxo‘riga qarshi muntazam monitoring va profilaktik choralar muhim ahamiyatga ega. Zararkunandaning erta aniqlanishi va to‘g‘ri kurash strategiyasi hosildorlikni saqlab qolish hamda agroekotizimga zarar yetkazilishini oldini olishda asosiy omildir.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
Post #1827 593
🥕Sabzini yetishtirish va hosildorligini oshirishga doir muhim tavsiyalar

🥕Sabzida mazali va foydali ildizmeva hosil bo‘lishi uchun o‘g‘itni to‘g‘ri tanlab qo‘llash lozim. Faqat o‘g‘itning yetishmasligi emas, balki me’yordan ortiq berilishi ham sabzavot uchun zararli bo‘lishi mumkin.

🟠Azotli o‘g‘itlar sabzida karotin va oqsilni orttirishga yordam beradi. Uni o‘sishning boshlang‘ich davrida berish maqsadga muvofiqdir. Azotsiz poya sarg‘ayib qoladi, hosili esa mayda va quruq bo‘lib qoladi.

🔵Fosforli ozuqalar sabzini shirin, o‘zagini qattiq qiladi. Ushbu mikroelementsiz sabzavotning yashil qismi sarg‘ayadi, so‘liydi. Mevasi esa cho‘zinchoq va mazasiz bo‘lib qoladi.

🧪Kaliy tufayli sabzi mayin ta’mga ega bo‘ladi, ko‘pgina kasalliklarga immuniteti oshadi. U suvli va shirin ildizmevalarni shakllanishini ta’minlaydi, o‘simlikni mustahkamlaydi.

🌱Sabzi asosan bahorda ekiladi. Uning urug‘ini sepishdan oldin yerga selitra, superfosfat, xlorli kaliy sepish mumkin. Agar yer loyli bo‘lsa, unga qum va torf aralashtirish kerak. Sabzi urug‘i unib chiqish vaqtida ko‘p suv shimadi. Shuning uchun urug‘ sepishdan oldin va keyin egatlarni yaxshilab zaxlatish kerak.

📌Umuman olganda ochiq maydondagi sabzining rivojlanish bosqichidagi istalgan davrda kul bilan oqlantirish mumkin. Kul faqat foydali birikmalarga ega bo‘lib qolmay, ko‘pgina zararkunandalardan himoya qilishi ham mumkin.
Post #1826 822
#40 kitob to'plami

📕«O'simliklar himoyasi» to'plamida o'simliklar himoyasi, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish bo'yicha zarur ma'lumotlar va tavsiyalar jamlangan.

Meva-sabzavot, poliz ekinlari, g'allachilik kabi tarmoqlarida uchrashi mumkin bo'lgan muammolar haqidagi ilmiy va amaliy ma'lumotlar to'liq keltirilgan. To'plam doirasida tayyorlangan kitoblarning har biri alohida mavzuga va qishloq xo'jaligi sohasiga bag'ishlangan bo'lib, ularda zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali usullari va vositalari batafsil yoritib berilgan. To'plamda keltirilgan ma'lumotlardan yirik fermerlardan tortib, kichik tomorqa egalarigacha foydalanishi mumkin.
📚Ushbu qo‘llanma – "Agrobank" ATB tomonidan taqdim etilgan.

📥 Kitobni o‘qish va yuklab olish

📣 Yaqinlaringiz bilan ham ulashing!

🤩Qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va zamonaviy agrotexnologiyalarga oid eng sara ilmiy-amaliy adabiyotlarni bizning kanalda kuzatib boring.


🌐Website | 💬 Telegram
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1820 1.2K
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! 🇺🇿
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #1818 1.69K
🫐Maymunjon rezavor o‘simligi va uning tuproq sharoitiga talabi

ℹ️Maymunjon – inson organizmiga koni foyda bo‘lgan kaliy, magniy kabi moddalarga boy rezavor meva. U asosan qumli tuproqlarda, tog‘ yonbag‘irlarida, donador va suv o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgan tuproq sharoitlarida yaxshi hosil bo'ladi.

🍓Maymunjon O‘zbekistonning barcha tog‘li rayonlarida keng tarqalgan o‘simlik bo‘lib, ayniqsa, daryo vodiylari bo‘ylab, nam tepaliklarda yakka-yakka va o‘tib bo‘lmaydigan tikanli chakalakzorlarda o‘sadi.

🌲 O‘simlikning bo‘yi 1,2-1,5 metrgacha o‘sadi. Uzun tikanli novdalari bo‘lgan chala bo‘ta o‘simlik. Mevalari qora rangli, sersuv, shirin nordon, qattiq danakli bo‘ladi.

⏳Maymunjon sovuq havo tushguniga qadar, ya’ni yozning so‘nggi oyi avgustga qadar pishib yetiladi.

✅Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi va sanoatda undan turli pishiriqlar tayyorlanadi.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👍 2
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #1816 906

Forwarded from Agrobank Matbuot xizmati

🏅Yuksak e’tirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Agrobank” ATB negizida tashkil etilgan “Agro in vitro” MChJ direktori Saydiyev Ozodbek Shukrullayevich qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali mehnati va munosib xizmatlari uchun “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandi.

👏 Agrobank jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yanada yuksak marralar tilaymiz!

📱 Instagram 📱 Facebook 🖥 Sayt
  • 👏 6
  • 🔥 2
Post #1815 909

Forwarded from Agrobank Matbuot xizmati

📺 E’tibordan chetda qoldirmang!

“O‘zbekiston 24” telekanalida “Mening tomorqam” ko’rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.

Bu gal Jizzax viloyati Do’stlik tumani “Qahramon” mahallasida istiqomat qiluvchi Barat Qo’shoqovning tomorqadan samarali foydalanish tajribasi haqida hikoya qilinadi.

U issiqxonada pomidor yetishtirish bilan birga, chorvachilik va parrandachilikni ham yo’lga qo’yib, xonadon daromadini oshirmoqda.

Ko’rsatuvda:
✅ Tomorqadan unumli foydalanish va daromadli xo’jalik yuritish tajribasi — “Mening tomorqam” ko‘rsatuvida.

📺Ko’rsatuvning to’liq sonini mana bu yerda tomosha qilish mumkin!

📱 Instagram 📱 Facebook 🖥 Sayt
Post #1814 1.24K
Dorper qo'y zotlari: ularning go'shti premium sifat darajasiga egami?

🐑Dorper – Janubiy Afrikada 1930-yillarda selektsiya qilingan, tez moslashuvchanligi va sifatli go‘shti bilan tanilgan qo‘y zotidir. Bu zot asosan Dorset Horn va Qora boshli Fors qo‘yi (Blackhead Persian) nasllarining chatishtirilishi orqali yaratilgan. Avstraliyada ushbu qo‘y turi keng tarqalgan va katta talabga ega.

✅Qo'ylar har xil iqlim sharoitlariga, xususan, quruq va issiq hududlarga moslashgan bo'lib, ular tez o‘sib, qisqa vaqt ichida katta vazn yig‘adi. Qo'ylarning tana vazni 6-8 oy ichida so‘yish uchun yetarli bo‘ladi, bu esa fermerlar uchun iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.

🥩Ularning go‘shti yumshoq, xushbo‘y va yog‘ miqdori optimal darajada bo‘lib, premium sifatga ega. Ayniqsa, steyk, kotlet va boshqa yuqori darajadagi taomlar uchun ideal hisoblanadi. Dorper zotlari kam junli yoki butunlay junidan mahrum bo‘lishi mumkin. Ular jun o‘rniga terisi bilan mashhur.

🔝Dorperlar tabiiy yaylovlardan foydalanish orqali iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi. Ular kamxarj ozuqa bilan ham yaxshi rivojlanadi. Avstraliyada Dorper qo‘y go‘shti yuqori darajadagi mahsulot hisoblanib, boshqa qo‘y zotlariga nisbatan qimmatroq baholanadi.

🌍Bu kabi qo'ylarning go‘shtiga talab asosan Yevropa, AQSh va Yaqin Sharqdagi premium restoranlarida juda yuqori. Ular go‘sht sifatiga katta e’tibor qaratadilar. Shuningdek, ichki bozorda ham bu go‘sht yuqori sifatni qadrlaydigan mijozlar orasida keng ommalashgan.

🌀Ahamiyatli tomoni, yurtimiz hududlarida ham dorper qo'y zotlari sifat darajasida parvarish qilinmoqda. Ularning sonini ko'paytirish va ichki bozorni premium go'sht mahsulotlari bilan ta'minlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

➕Dorper qo'ylarini parvalishlashga oid tavsiyalar

➖Yaylovlarda boqishda ularning sifatli ozuqa va suv bilan ta’minlanganligiga e’tibor qaratish lozim;
➖Ekstensiv sharoitlarda boqish uchun ideal zot bo‘lsa-da, intensiv parvarish orqali go‘sht sifatini oshirish mumkin;
➖Chorva uchun sog‘lom nasl tanlash va ularni muntazam veterinariya nazoratidan o‘tkazish muhimdir.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👍 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1813 742

Forwarded from Agrobank Matbuot xizmati

📗 Agrobank tomonidan paxta yetishtirishda joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, yangi imkoniyatlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda agrotadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan maxsus lavha.

📺Lavhada paxta yetishtirish jarayonlarining yangi bosqichga ko’tarilishi, zamonaviy texnologiyalar va amaliy natijalar
haqida so’z boradi.

📱 Instagram 📱 Facebook 🖥 Sayt
  • 👍 2
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #1812 995

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 3
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #1809 1.1K
🥬Mangold — fermer uchun serhosil va daromadli ekin!

🟢Har qarich yerdan unumli foydalanishni istagan fermerlar uchun mangold istiqbolli ekinlardan biridir. U salqin ob-havoda ham yaxshi rivojlanadi, parvarishi oddiy va mavsum davomida bir necha marta hosil beradi.

🌱Mangoldning afzalliklari:

🔎 50–60 kunda hosilga kiradi.
🔎 Barglari uzib olingandan so‘ng yana o‘sishda davom etadi.
🔎 Salqin haroratda ham yaxshi rivojlanadi.
🔎 Bozor talabi yuqori bo‘lgan vitaminlarga boy ko‘kat hisoblanadi.
🔎 Ochiq maydon va tomorqalarda muvaffaqiyatli yetishtiriladi.

📌 Yetishtirish bo‘yicha qisqacha tavsiyalar:
• Tuproq pH — 6,0–7,0
• Ekish chuqurligi — 1,2–2 sm
• Qator oralig‘i — 30–45 sm
• O‘simlik oralig‘i — 20 sm
• Eng maqbul harorat — +15...+18°C

💡Eslab qoling! Mangold barglarini vaqtida yig‘ib turish yangi barglarning tezroq hosil bo‘lishini ta'minlaydi. Bu esa bir ekindan uzoq muddat davomida hosil olish imkonini beradi.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🤯 1
  • 😢 1
Older posts →

About this channel

How can I read @fermermaktab_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Fermerlar Maktabi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Fermerlar Maktabi have?
Fermerlar Maktabi (@fermermaktab_uz) has 2.3K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Fermerlar Maktabi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →