Farzand tarbiyasi..
Oilaviy muhit farzand tarbiyasida katta rol o’ynaydi..
Oiladagi urush-janjallar bolaning ruhiy holatiga o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi.
Ruhan azoblangan bola esa odam ovi, qo’rqoq, urushqoq, quloqsiz, injiq bo’lib ulg’ayish ehtimoli katta..
Voyaga yetganda ham bu ta’sirlar o’z kuchini yoqotmaydi..
Man bolamning onasiman, uni tug’ganman voyaga yetqazganman, unga nima desam ham, nima qilsam ham, o’z hukmimni o’tqazishga haqqim bor desangiz adashasiz!
Siz avval nima uchun farzand dunyoga keltirganingiz haqida fikr yuruting!
Farzand qariganda suyanchiq bo’lishi uchun yoki bo’lmasa ota-ona o’z orzu-maqsadlariga yetishishi uchun dunyoga kelmaydi!
Farzandlarning ham o’z orzu maqsadlari bo’ladi. Ular o’zining shaxsiy hayotida baxtli yashashga haqli..
Siz faqat ota-ona sifatida to’g’ri yo’l ko’rsatasiz, go’zal tarzda tarbiyalaysiz, moddiy tarafdan ham voyaga yetgunga qadar ta’minlaysiz, ularni dunyoga keltirganingizdan keyin siz bunga majbursiz! Ularga qanday muomalada bo’lsangiz, ular siz aytmasangiz ham qariganingizda sizga usha hatti-harakatlaringizni qaytaradi..
Mehr bersangiz mehr beradi, ko’ngliga qarasangiz ko’nglingizga qaraydi!
Hullas, farzandingizga bosim qilib, uni ruhan azoblaydigan bo’lsangiz ya’ni men seni tug’ganman o’ldirishga ham haqqim bor yoki bo’lmasa istagan ishimni qilaman, sen esa etganimni qilishga majbursan deb ularga o’z hukmingizni o’tqazadigan bo’lsangiz yaxshisi tug’mang!
Tug’ishingizdan avval ularning haq huquqlarini o’rganing!
O’zingizning ota-onalik chegaralaringizni ham o’rganing!
Bu fikrlar kitobdan olingan ta’surotlar emas..
Hozirda shu kitob mutolaasidaman, inshaa Allah tugatib kitob haqida ham post joylayman..
Siz farzandingizni nima maqsadda dunyoga keltirgansiz?
Yoki bo’lmasa qanday maqsad bilan dunyoga keltirmoqchisiz?
@fehriyyasbook