💎TUMANDA OLIMPIADA VA TANLOVLAR UCHUN ALOHIDA MARKAZ TASHKIL ETILDI
📊Buvayda tumanida o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalari va turli tanlovlarni o‘tkazish uchun alohida markaz qurilib, foydalanishga topshirildi.
🟢Tumandagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidagi bo‘sh maydonda 1,6 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan mazkur markazda bellashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida barcha zarur imkoniyatlar mavjud.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36678
667