TGViewer
FVMMTB - Rasmiy kanali FVMMTB - Rasmiy kanali @farvmmtb · 43.8K subscribers
Post #36583 907
💎FARG‘ONADA ASOSIY FAN OLIMPIADASIGA START BERILDI: 60 MINGDAN ZIYOD O‘QUVCHI BILIMLARINI SINOVDAN O‘TKAZMOQDA!

📍Farg‘ona viloyatida Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichiga start berildi.

🔵 Joriy bosqichda viloyatning 19 ta tuman va shahridan 60 ming nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etmoqda.

➡️Olimpiada 16 ta hududda an’anaviy shaklda, Farg‘ona va Quvasoy shaharlari hamda Furqat tumanida esa kompyuter orqali onlayn tarzda tashkil etildi.

⬇️Belgilangan reja-grafik asosida bugun o‘quvchilar geografiya fanidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda.

🔹13 kun davom etadigan olimpiada davomida ishtirokchilar turli fanlar bo‘yicha bellashadilar.

🪙Olimpiadaning ilk kunida barcha hududlarda tantanali ochilish tadbirlari o‘tkazilib, ishtirokchilarga omad tilandi.

🌐Jumladan, Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham olimpiada uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

📊Mazkur bosqichda shahardan jami 3 003 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan.
⌛
Bellashuvlarning shaffof, xolis va adolatli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

🔹Shuningdek, ota-onalar uchun ham zarur qulayliklar yaratilgan.

⏸Asosiy fan olimpiadasi o‘quvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon hisoblanadi.

🌐Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
More from @farvmmtb
  1. Oct 15, 2026🇹🇷🇺🇿 Ta’limda an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida ya…
  2. Oct 15, 2026💎Bag‘dod tumanida Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda 📍​Bag‘dod tuma…
  3. Oct 15, 2026💎FARG‘ONADA “JASORAT MAKTABLARI” O‘QUVCHILARI VATANGA SADOQAT HAQIDA QASAMYODGA TENG VA’D…
  4. Oct 15, 2026💎BUGUN FARG‘ONA TUMANIDA GEOGRAFIYA FANIDAN OLIMPIADANING TUMAN BOSQICHI BOSHLANDI 📊Farg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →