TGViewer
Xorijiy vakansiyalar Xorijiy vakansiyalar @f_vacancy · 875 subscribers
Post #176 4.93K
🇰🇷 MUHANDISLAR UCHUN KOREYADA E-7 VIZASI BO‘YICHA YANGI IMKONIYAT!

Siz elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumot va ish tajribasiga egamisiz?

Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida Koreyada E-7 malakali mutaxassis vizasi asosida ishlash uchun nomzodlar tanlovi o‘tkaziladi.


📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi
🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.

💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari)

❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin?

👉YONALISHLAR RO'YXATI BILAN TANISHING👈 (Eligible - to'g'ri keladi , Not elegible - to'g'ri kelmaydi)

▪️ elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega; (bakalavr diplomi - ish tajribasi 1 yil va undan yuqori, mazkur sohalar bo'yicha kollej yoki texnikum diplomi - 5 + yillik ish tajribasi)
▪️ 22–35 yosh oralig‘ida;
▪️ sudlanmagan;
▪️ Koreya elchixonasidan viza rad javobini olmagan;
▪️ koreys tili bo‘yicha TOPIK, SKA yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega nomzodlar.

📄 Kerakli hujjatlar:
▪️ 👉Anketa👈
▪️👉Tilxat👈
▪️ pasport nusxasi (rangli);
▪️ 2 dona foto (3,5×4,5);
▪️ koreys tili sertifikati;
▪️ bakalavr diplomi nusxasi;
▪️ soha bo‘yicha rasmiy mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat.

🗓
Muhim sanalar:

✅ Hujjatlar qabuli — 7–23-oktabr
✅Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr
✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr
✅O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral
✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral


📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi.

🚫 Eslatma:
Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi!

⚠️ Muhim:
Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55
Ichki raqamlar: 241, 243, 244

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Ko‘rsatilgan muddatlar arizalar soni va boshqa omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
  • ❤ 1
More from @f_vacancy
  1. Oct 17, 2026📍🇮🇱 Tel-Aviv, Исроил. 📹 2026 йил, июн ойида BestWill жамоаси ёрдамида Исроил давлатига…
  2. Oct 17, 2026🇵🇱 POLSHAGA ISHLAB CHIQARISH VA AVTOSERVIS SOHASIGA ISHCHILAR KERAK Svarshchik - o’rtach…
  3. Oct 17, 2026🇧🇬 BOLGARIYADA QONUNIY ISH!! 😎 OUKAWAY Xususiy Bandlik Agentligi ⚙ AVTOBUS USTALARI - �…
  4. Oct 17, 2026🇩🇪 ASKANIA BILDUNG TAQDIM ETADI! 🔥 3 000 TA YANGI O‘QUV O‘RNI! GERMANIYADA ISHLASH IMKO…
  5. Oct 17, 2026🐟🇷🇺 ROSSIYADA ISH! BALIQ QAYTA ISHLASH KORXONASIGA 90 NAFAR ISHCHI TAKLIF ETILADI! 📍 M…
  6. Oct 17, 2026🌟Koreyada E-9 ishchilarining maoshi: 2026-yilgi yangi statistika qachon chiqadi? Koreyada…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →