TGViewer
National Erasmus+ Office Uzbekistan National Erasmus+ Office Uzbekistan @erasmus_uz · 4.64K subscribers
Post #2861 252

Forwarded from NamDTU • NamSTU • НамГТУ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
NAMDTU PROREKTORI XALQARO SEMINARDA O‘ZBEKISTON NOMIDAN MA’RUZA QILDI

2026-yil 8-oktabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida o‘tkazilgan Erasmus+ hamkorlik seminarida Namangan davlat texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmanov O‘zbekiston vakili va oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha ekspert sifatida ishtirok etdi.

U seminarda “Erasmus+ dasturining oliy ta’limdagi milliy va mintaqaviy rivojlanishga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi. Unda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratishda Erasmus+ dasturining o‘rni yoritildi.

Tadbir doirasidagi xalqaro panel muhokamasida Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi Erasmus+ milliy ofislari vakillari, shuningdek, Zalsburg universiteti professori ishtirok etdi. Muhokamalarda oliy ta’lim tizimlari o‘rtasidagi hamkorlik, xalqaro loyihalar samaradorligi va mintaqaviy akademik integratsiyani rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

NamDTU vakilining xalqaro ekspert sifatidagi ishtiroki O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tajribasini xalqaro miqyosda taqdim etish hamda universitetning xalqaro akademik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedIn
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @erasmus_uz
  1. Oct 15, 2026Abdulla Avloniy nomidagi institutda Erasmus+ International Days 2026 doirasida xalqaro ham…
  2. Oct 15, 2026ERASMUS+ XALQARO KUNLARI 2026 | 3-KUN YAKUNLARI 14-oktabr kuni Erasmus+ International Days…
  3. Oct 15, 2026Erasmus+ International Days 2026 open in Uzbekistan! 🇪🇺🇺🇿 On 12 October, Erasmus+ Inte…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →