ERASMUS+ XALQARO KUNLARI 2026 | 3-KUN YAKUNLARI
14-oktabr kuni Erasmus+ International Days 2026 haftaligi doirasida “Erasmus+ axborot va metodologik seminari: UzEcoDigiT loyihasi doirasida Erasmus+ CBHE yo‘nalishini targ‘ib qilish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda onlayn formatda o‘tkazilgan sessiya Erasmus+ dasturining Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) yo‘nalishi va UzEcoDigiT loyihasi bilan tanishish uchun imkoniyat yaratdi.
🌱 UzEcoDigiT loyihasi O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi bakalavriat ta’lim dasturlarini yashil va raqamli transformatsiya qilishga qaratilgan. Loyiha oliy ta’limda zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
📹 Sessiya yozuvini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/s8I7U0GTlYM
Erasmus+ International Days 2026 haftaligi doirasidagi tadbirlar xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Erasmus+ imkoniyatlari haqida xabardorlikni oshirish va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro loyihalardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Erasmus+ imkoniyatlarini biz bilan birga kashf eting!
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Post #2851
414



- 👍 1