TGViewer
National Erasmus+ Office Uzbekistan National Erasmus+ Office Uzbekistan @erasmus_uz · 4.64K subscribers
Post #2833 464
Ko‘p beriladigan savollar va javoblar

“Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-uslubiy jurnalining (20-son, 2026) navbatdagi soni uchun maqolalar qabul qilinmoqda.

📌 Jurnal nomi: Perspectives of Higher Education Development
⏲ Yakuniy muddat: 1-noyabr, 2026-yil

1️⃣ Maqola topshirish va chop etish pullikmi?
Yo‘q. Jurnalga maqola topshirish, taqrizdan o‘tkazish va chop etish bepul.


2️⃣ Maqolani qayerga va qanday topshirish mumkin?
Maqolalar jurnalning onlayn platformasi orqali topshiriladi: Maqola topshirish platformasi
Mualliflar platformada ro‘yxatdan o‘tishi yoki o‘z akkauntiga kirishi, so‘ng maqolasini yuklashi va belgilangan talablar bo‘yicha topshirish jarayonini yakunlashi kerak. Maqola tayyorlashdan oldin mualliflar uchun ko‘rsatmalar va rasmiylashtirish talablarini o‘rganish tavsiya etiladi. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.


3️⃣ Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tavsiya etgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilganmi?
Ha. Jurnal 2021-yil 4-iyunda 300/5-sonli qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiya etgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.


4️⃣ Maqola namunasi yoki avvalgi sonlar bilan tanishish mumkinmi?
Ha. Mualliflar avvalgi sonlarda chop etilgan maqolalarni ko‘rib chiqib, jurnalning ilmiy yo‘nalishi, maqolalar tuzilishi va rasmiylashtirish uslubi bilan tanishishlari mumkin.
Maqolani tayyorlashda arxivdagi nashrlardan namuna sifatida foydalanish hamda mualliflar uchun ko‘rsatmalarga amal qilish tavsiya etiladi.

🔗 Jurnalning avvalgi sonlari va maqolalari

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
  • ❤ 2
More from @erasmus_uz
  1. Oct 15, 2026Abdulla Avloniy nomidagi institutda Erasmus+ International Days 2026 doirasida xalqaro ham…
  2. Oct 15, 2026ERASMUS+ XALQARO KUNLARI 2026 | 3-KUN YAKUNLARI 14-oktabr kuni Erasmus+ International Days…
  3. Oct 15, 2026Erasmus+ International Days 2026 open in Uzbekistan! 🇪🇺🇺🇿 On 12 October, Erasmus+ Inte…
  4. Oct 15, 2026🌸 EMPOWER Final Conference: Her Power, Our Future On 12 October, Central Asian University…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →