✅ Al-Xorazmiy universitetiga O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) loyiha menejerlari Mahmudjon O‘tkurov hamda Xumora Yunusxo’jayeva tashrif buyurishdi.
⭐️Tashrif davomida oliygohimiz rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda istiqboldagi xalqaro loyihalar, oliy ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
♻️ "WASTE-UZ" loyihasi – ekologik kelajak va barqaror ta’lim sari!
Uchrashuvning asosiy e'tibor markazida "WASTE-UZ – Waste Awareness Skills Training & Education — Uzbekistan" loyihasi bo'ldi.
📌
Loyiha haqida qisqacha:
Umumiy qiymati:
302 000 Yevro
Amalga oshirish muddati:
2027–2030-yillar
Loyiha chiqindilarni qayta ishlash va ekologik xabardorlikni oshirish hamda bu borada zamonaviy ko‘nikmalar va ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan.
Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo'yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
🌐 English





