Kursni bitirib ish qidirayotganlar nimalarga e'tibor qaratishlari kerak yohud birinchi ish qanday topiladi?
IT olamida menimcha oxirgi yillarda eng qiyin etap bu birinchi ishni topish bo'lib qoldi. Shu borada bir necha maslahatlar bilan bo'lishmoqchi edim.
1. Vakansiyalarga topshirgan holda pet projectlar qilish, ilm olishda davom etishlik. Pet projectlar ham boshqalarnikidan ajralib turadigan bo'lsa yana ham yaxshi. Ish beruvchilar ham bir xil youtuberdan ko'chirilgan projectlardan charchashi mumkin. Shu bilan birgalikda ilm olishda, bilmagan yoki kam bilgan mavzulariga chuqurroq kirishish, interviewda tushadigan savollarni mohiyatini o'rganishda davomli bo'lish kerak.
2. Public chatlarda (u yoki bu texnologiya uchun ochilgan, masalan reactjs uchun) biroz faollikni oshirish, lekin albatta me'yorni ushlagan holda. Kuninggiz shu chatlarda o'tib ketmasin. Bunday chatlardan ikkita foyda bor. Birinchisi, agar siz bilmagan savol berilsa va kimdir unga javob bersa siz ham o'rganib olasiz. Ikkinchisi, siz ham savollarga javob berish orqali shu sohada ishlovchilar bilan tanishasiz, tanish orttirasiz. Kelajakda sizni ish topib ketishizga aynan shu tanishlar refer qilishi sabab bo'lishi mumkin.
3. O'zinggizga o'xshash sheriklar topib biron foydasi tegishi mumkin bo'lgan projectlar qilish, ya'ni jamoa bo'lib ishlash. Va bu haqida masalan Linkedin, Head Hunter (hh) kabi platformalarda ko'rsatib borish, jamoa nimalar bilan shug'ullanayotgani kabi yozib borish.
Yuqoridagi maslahatlar barchasi ilmni kuchaytirish uchun bir yo'l xolos. Hammasidan asosiy maqsad shu bo'lishi kerak.
Agar yana qanaqadir birinchi ishni topishlikda yordam beradigan idealar, yoki e'tibor berish kerak bo'lgan muhim jihatlar bo'lsa kommentlar ochiq.
#birinchi_ish
@elyor_dev