TGViewer
elyor.dev elyor.dev @elyor_dev · 250 subscribers
Post #84 402
Binary Search

Binary search bu tartiblangan massivda biron bir qiymatni topishlikda juda effektiv bo'lgan search algoritmlaridan biri. Bajarish tezligi - O(logn).

Taqqoslash uchun biz bilgan linear search (shunchaki massiv boshidan oxirigacha siklda yurib chiqish) tezligi O(n). 1000 ta element va eng yomon holatda 1000 ta amal.

Aytaylik bizda 4 milliard tartiblangan sonlardan iborat massiv bor. Va ular ichidan berilgan sonning indeksini topishimiz kerak. Va aytaylik shu son massiv oxirida joylashgan ekan (Bu eng yomon holat).

Oddiy linear searchda sikl 4 milliard marta bajarilar edi. Binary Search bilan esa maksimum 32 ta qadamda biz kerakli natijani topa olamiz. 4 milliard vs 32.

Nega 32? Sababi log(4 000 000 000) <= 32.

Logarifm esidan chiqib qolganlar uchun, logarifm sonning teskari darajasi. Masalan: 2^3 = 8 ekvivalent log2(8) = 3

Note: Binary Search bilan ishlay olishlik uchun berilgan massiv albatta tartiblangan bo'lishi kerak.

#binary_search #algorithm

@elyor_dev
  • 👍 2
  • ⚡ 1
More from @elyor_dev
  1. Jun 29, 2026#tekin Tekin! Kompyuteringizda yoki serveringizda modellarni ishga tushirish bo'yicha Said…
  2. May 26, 2026Qurbon hayiti muborak boʼlsin!
  3. Apr 5, 2026Mobx Endi Mobx'ning ishga tushish tezligi, ma’lumotlarni tahlil qilish va Proxy bilan ishl…
  4. Mar 20, 2026Ҳайит айёми муборак бўлсин!
  5. Feb 18, 2026Ramazon muborak bo'lsin!
  6. Jan 8, 2026wakatime.com statistikasiga qaraganda, 2025-yilda PHPda o'rtacha php'chidan 4 marta kamroq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →