Oxirgi vaqtlarda ishdan ortib qolgan vaqtimni asosan leetcodega sarf qilyapman. Shuning hisobiga sevimli mobx haqida postlar bo'lmayapti. Nihoyat algoritmlar bo'yicha bilimlarni biroz bo'lsa ham ko'tarib olishga qaror qildim.
Bugun ishlangan masalalar soni 400 ga yetdi. Tabiiy bularni hammasini o'zim bittada ishlamaganman. Ba'zilarini
solutions bo'limidan ko'rib keyin ishlaganman. Umuman olganda masalalarni yechishdagi asosiy qoidam hozircha "Bitta masalaga maksimum 1 soat" bo'lib turibdi. Solutionlarni shu yerga joylab boryapman.
#leetcode
@elyor_dev
