Yuqoridagi holatda
1. Mobx ishlatilgan joyda context nega kerak degan savol:
Mobx va React qaralganda data transfer qilishni bir necha yo'llari bor
- Singleton storelar
- Context Api orqali
- DI containerlar (singleton'ga yaqin)
Nima uchun Context Api? Context Api react'da data transfer uchun ishlatiladigan mexanizm, masalan redux ham shundan foydalanadi, context + mobx ishlatilganda context api dagi ortiqcha rerender muammosi to'liq yo'qoladi, sababi mobx statelar mutable va ularga link o'zgarmaydi, keyin agar sizda SSR bo'lsa u holda singleton pattern o'z o'zidan kuchini yo'qotadi, yagona variant Context Api qoladi.
2. Storelarni lazy load qilsa bo'lmaydimi, hammasini bittada yig'gandan.
Agar aynan biror bir sahifa yoki moduledagina ishlatiladigan store bo'lsa sahifaga kirish oldidan rootStore'ga set qilsa bo'lar, o'zim qilib ko'rmaganman
#mobx
@elyor_dev
Post #26
336
elyor.dev Mobx va React Context Assalomu aleykum, bugundan mobx bo'yicha seriyali postlarni boshladim. Bugun data React + Mobx applarda data sharing (stateni tashish) yo'llaridan biri bo'lgan Mobx + Context Api'ni ko'rib chiqamiz. 1. O'zimizga kerakli storelarni…
- 👍 2
- 👎 1