Birinchi mashina tuzatishdagi ustam (akam) bir narsani ta'kidlab aytardi:
- Agar xizmat narxini kelishmagan yoki arzonga kelishib qo'ygan bo'lsang ham, bu haqida o'ylamasdan ishni yaxshilab bajargin, ishni yaxshi qilish kerak
Agar hozir kamroq oylik olayotgan bo'lsangiz ham, o'z ishingizga professionallardek yondashishingiz kerak, oylikni kamligi ishni sifatiga ta'sir qilmasligi kerak.
Oylikni oshirish yoki boshqa yaxshiroq ishga o'tish haqida o'ylasangiz ham, hozirgi ishni yaxshilab qiling, bu bizni rizqimiz, keyinchalik shu yaxshi ish qilish odati o'zimiz bilan ketadi baribir.
$500 to'laydi oyiga, shunga yarasha ishlayman degan fikrlashda bo'lish kerakmas deb o'ylayman.
O'z ishini yaxshi bajargan odam tezroq o'sadi.
Ishxonalar almashaveradi, ammo tajriba, ko'nikma, odatlar o'zimiz bilan qoladi.
@aifarghani
Post #160
812
Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon)

- 🔥 8
- 👍 1