TGViewer
Channel Public Channel
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

@ekologuz

Ekologiya boʻyicha yangiliklar@ekologuz🇺🇿Новости на экологические темы @ekologuzru🇷🇺 The news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧 www.ekolog.uz email:uzbekmedia19@gmail.com

Reklama,e'lon va murojaatlar uchun bot: @eklguz_bot
Subscribers
17.1K
Photos
20.7K
Videos
7.1K
Links
12.1K
Recent Posts 9 shown
Post #34222 153
⚽️ Ta’limga e’tibor — kelajakga e’tibor: Agentlik ta’lim maskaniga zamonaviy sport maydonchasi qurib beribdi

🏀 Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan ta’lim yo‘lida yana bir xayrli ishga qo‘l urilgani e’tiborimizni tortdi. Ko‘pdan beri ta’mirtalab holatga kelib qolgan Toshkent shahri Yashnabod tumani 215-son umumta’lim maktabining stadioni mukammal ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirilibdi.

Ta’mirdan so‘ng bu yerda bitta tabiiy va bitta sun’iy qoplamali sport maydoni foydalanishga topshirilgan.

Umuman olganda, davlat tashkilotlarining o‘quvchi yoshlarning kelajagi uchun mas’uliyatni his etgan holda, ko‘rsatadigan bu kabi tashabbuslari ta’lim sohasini yanada qo‘llab-quvvatlashda alohida o‘rin tutadi.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
Post #34221 292
Instagram foydalanuvchilaridan biri o‘z sahifasida oyog‘i yaralangan, ovqat va suv izlab, tirik qolish uchun qiynalib yurgan it aks etgan videoni joylashtirdi. Videoni ko‘rgan insonning hayvonga rahmi kelishi tabiiy. Ammo achinarlisi, videoni tasvirga olgan shaxs itga yordam berish o‘rniga, uning og‘ir ahvolini shunchaki tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish bilan cheklangan.

Ayni paytda volontyorlar ushbu itni topish va unga yordam berish uchun harakat qilishmoqda. Biroq videoda voqea sodir bo‘lgan joyning aniq manzili va hududi haqida ma’lumot berilmagani sababli, itni topish qiyin kechmoqda. Shu bois biz ham hozircha unga yordam bera olmayapmiz.

Axir, yordamga muhtoj hayvonni ko‘rib turib, uning azoblarini tasvirga olishning o‘zi yetarli emas. Agar yordam berish imkoniyati bo‘lsa, shunchaki video olish bilan cheklanib qolmaylik. Hayvonning hayotini saqlab qolish uchun ba’zan birgina amaliy harakatning o‘zi kifoya.

❗️Agar ushbu it qayerda ko‘rilganini biladiganlar bo‘lsa, iltimos, aniq manzil yoki joylashuvni ma’lum qiling. Bu ma’lumot volontyorlarga itni topish va unga zarur yordam ko‘rsatishda yordam beradi.


☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
  • 😭 2
  • 💔 1
Post #34220 395
O‘zbekistonda erkak uxlab yotgan itni qo‘rqitib, videoni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Erkak musiqa asbobini ko‘tarib, uxlab yotgan itning oldiga sezdirmasdan yaqinlashdi va kutilmaganda baland ovoz chiqardi. Cho‘chib ketgan it birdan o‘rnidan turib, chetga qochdi va qo‘rquvdan huriy boshladi.

Erkak esa hayvonni tinch qo‘yish o‘rniga, uning qo‘rquvini ijtimoiy tarmoqlar uchun ko‘ngilochar videoga aylantirishga qaror qildi.

Video hayvonlarga bunday munosabatda bo‘lish qanchalik to‘g‘ri ekani haqida savollarni yuzaga keltirdi. Afsuski, ko‘proq ko‘rishlar yig‘ish uchun ayrimlar boshqalarning, hatto himoyasiz hayvonlarning ham qo‘rquvidan kulishni oddiy hazil deb biladi. Ammo ko‘proq tomosha yig‘ish istagi hayvonlarga ozor berishni oqlamaydi.

Manba: Oblakouz

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
  • 🤬 4
  • 🤡 1
  • 😭 1
Post #34215 621
Navoiy shahrida g‘isht zavodi havoni ifloslantirayotgani aytilmoqda

Navoiy shahri aholisi g‘isht zavodidan chiqayotgan tutun sababli havoning ifloslanishidan shikoyat qilmoqda. Aholining ta’kidlashicha, korxona kechasi ham, kunduzi ham havoga tutun chiqarib, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, ekologiya mas’ullari tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilganiga qaramay, muammo hal etilmagan. Aholi ushbu holat yuzasidan shahar hokimligiga muntazam ravishda video va murojaatlar yuborayotganini, biroq hozircha amaliy natija yo‘qligini bildirmoqda.

Shahar aholisi mas’ul tashkilotlardan vaziyatga e’tibor qaratish, holatni o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishda yordam so‘ramoqda.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
  • ❤ 3
Post #34214 486
♻️ Eski plastik butilkalarni tashlab yubormang — ulardan qushlar uchun chiroyli oziqlantirgich yasang! 🐦💛

Oddiy, ekologik toza va juda chiroyli! 🌿✨

O‘z qo‘llaringiz bilan yasashingiz mumkin bo‘lgan ushbu sodda buyum qanotli do‘stlarimizga katta yordam berishi mumkin. 💚

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
  • ❤ 1
Post #34213 465
🐱🏡 Bu yoqimtoy mushuklar uychasi oddiy suv idishidan yasalganiga ishonasizmi? 🐾

Kesish, bo‘yash, tom yopish va so‘nggi bezaklarni qo‘shish… Oddiy suv idishini bosqichma-bosqich mushuklar uchun shinam va yoqimli kichik uyga aylantirdik. ❤️🐈

Ba’zan mehr va ijodkorlik bilan oddiy buyumlardan ham ajoyib narsalar yaratish mumkin! 🌿

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
Post #34209 573
Toshkentdagi gul do‘konida tirik baliqlardan dekoratsiya sifatida foydalanilayotgani yuzasidan murojaat

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi Interflora gul do‘koni premium gul buketlarini bezashda kichik idishlarga joylashtirilgan tirik baliqlardan dekorativ element sifatida foydalanmoqda.

Bu holat bir qator savollarni keltirib chiqaradi. Gul buketini xarid qilgan fuqarolarning uyida akvarium bo‘lmasa, ushbu baliqlarning keyingi taqdiri nima bo‘ladi? Ularning yashashi uchun zarur sharoitlar qay darajada ta’minlanadi?

Tirik mavjudotlardan dekorativ bezak sifatida foydalanishda ularning hayoti, xavfsizligi va ehtiyojlari hisobga olinishi lozim. Baliqlarni kichik idishlarda saqlash, agar ularga yetarli joy va zarur yashash sharoitlari ta’minlanmasa, ularning salomatligi va hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu munosabat bilan, mas’ul tashkilotlardan Interflora gul do‘koni faoliyatini o‘rganib chiqish, tirik baliqlarni saqlash sharoitlarini tekshirish hamda ularning huquqiy va veterinariya talablariga muvofiqligiga baho berishni so‘raymiz.

Hayvonlar dekoratsiya emas — ular ham yashash uchun munosib sharoit va g‘amxo‘rlikka muhtoj tirik mavjudotlardir.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
  • 🤬 2
  • ❤ 1
  • 💔 1
Post #34207 573
Qashqadaryoda mushukka nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan video tarqaldi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro Shohrux Norqulov o‘zining Instagram sahifasida jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan videolarni joylashtirdi.

Videolarda voyaga yetmagan bolalarning kattalar tomonidan plastik paket bilan mahkam bog‘langan mushukka nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani aks etgan.

Bu kabi holatlar jiddiy xavotir uyg‘otadi. Bolalarga yoshligidan hayvonlarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning hayotiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatish lozim. Hayvonlarni qiynoqqa solish yoki ularga azob yetkazish oddiy holat sifatida qabul qilinmasligi kerak.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berilishi, videoda aks etgan voqealar vakolatli organlar tomonidan o‘rganilishi va qonunbuzarlik aniqlangan taqdirda aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishi zarur.

Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka befarq bo‘lmaylik. Mehr-oqibat va tirik mavjudotlarga hurmat oilada hamda jamiyatda shakllanishi kerak.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
  • 😱 1
  • 😡 1
Post #34197 706
Navoiydagi hayvonlar boshpanasida sharoitlar og‘ir: ko‘ngillilar yordam so‘ramoqda

Navoiy shahridan 30 kilometr uzoqlikda, Konimex hududida joylashgan hayvonlar boshpanasida yashash sharoitlari og‘irligicha qolmoqda. Ko‘ngillilarning ma’lum qilishicha, boshpana qurilishi hali yakunlanmagan bo‘lib, hududda elektr energiyasi, suv, yo‘l va xavfsizlik to‘siqlari mavjud emas.

Hayvonlarga yordam beruvchi ko‘ngillilar guruhining vakili Orziyeva Zaminaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda boshpanada 30 ta it va boshqa hayvonlar saqlanmoqda. Ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash va tashish xarajatlarini ko‘ngillilar o‘z mablag‘lari hisobidan qoplamoqda.

Elektr energiyasi va suv ta’minoti yo‘q

Boshpanadagi eng dolzarb muammolardan biri — elektr energiyasining yo‘qligi. Ko‘ngillilarning aytishicha, kechqurun va tunda hududda qoladigan insonlar sham va fonarlardan foydalanishga majbur. Elektr energiyasi bo‘lmagani sababli muzlatkichlardan ham foydalanish imkoni yo‘q, bu esa hayvonlar uchun tayyorlangan oziq-ovqatning tez buzilishiga olib kelmoqda.

Itlar uchun ovqat ochiq havoda o‘tin yoqib tayyorlanadi. Biroq o‘tin topish ham qiyinchilik tug‘dirmoqda. Boshpana yaqinida suv manbai mavjud emasligi sababli suv Navoiy shahridan plastik idishlarda tashib keltiriladi.

Hududning o‘ralmagani hayvonlar va insonlar xavfsizligiga tahdid solmoqda

Yana bir jiddiy muammo — boshpana hududining atrofi to‘siq bilan o‘ralmagan. Shu sababli hayvonlarni volyerlardan tashqariga chiqarishning imkoni yo‘q. Ko‘ngillilarning ta’kidlashicha, hududdan chiqib ketgan hayvonlarning ayrimlari dashtda yo‘qolib qolgan.

Shuningdek, bir itni ilon chaqishi oqibatida u nobud bo‘lgan. Ko‘ngillilar ushbu hududda odamlarning xavfsizligi ham yetarli darajada ta’minlanmaganidan xavotir bildirmoqda.

Ko‘ngillilar boshpana qurilishini yakunlashni so‘ramoqda

Ko‘ngillilar, avvalo, boshpanaga elektr energiyasini ulash va hududni mustahkam to‘siq bilan o‘rash zarurligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish, yo‘llarni tartibga keltirish va boshqa zarur sharoitlarni yaratish muhimligi qayd etilmoqda.

Ayni paytda ko‘ngillilar va hayvonlar himoyachilari muammoni hal etish maqsadida imzolar to‘plamoqda. Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ham murojaat tayyorlamoqda.

Ko‘ngillilarning ta’kidlashicha, hayvonlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash va ularni parvarishlash uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishmoqda. Biroq ular oddiy fuqarolar bo‘lib, orasida nafaqaxo‘rlar ham bor va mavjud muammolarni o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilish imkoniyatlari cheklangan.

Ular mas’ul tashkilotlardan boshpana qurilishini yakunlash, zarur infratuzilmani yaratish hamda hayvonlar va ularni parvarishlayotgan insonlar uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlashda amaliy yordam kutmoqda.

Ko‘ngillilar muammoni keng jamoatchilikka yetkazish orqali mas’ul tashkilotlar e’tiborini jalb qilish va boshpanadagi hayvonlar uchun munosib sharoit yaratishga umid qilmoqda.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!   

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Aloqa
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ekologuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿 have?
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿 (@ekologuz) has 17.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →