TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #53023 36K
#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 23
  • 🔥 11
  • 🎉 1
More from @eduuz
  1. Oct 15, 2026🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur “Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari…
  2. Oct 15, 2026Tyutorlik — talabani tinglash, uning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘r…
  3. Oct 15, 2026#Hamkorlik O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tad…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →