TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #53002 7.49K
#Hamkorlik

O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi

Buxoro shahrida tashkil etilgan “Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari” doirasida Buxoro davlat universitetida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, doktor Rashad Mammadov BuxDU rektori, professor Obidjon Hamidov bilan uchrashib, ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, elchi ishtirokida “Ozarbayjon–O‘zbekiston tarixiy-madaniy aloqalari” mavzusida seminar va talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlarga o‘zbek tilida nashr etilgan “İRS Miras” jurnali taqdim qilindi.

Tadbirlar davomida BuxDU Tarix fakultetida Yusuf Qorabog‘iy nomidagi Ozarbayjonshunoslik markazi tantanali ravishda ochildi. Shuningdek, “Yusuf Qorabog‘iyning hayoti, ilmiy va ma’naviy merosi va global sivilizatsiya: falsafa, ilm-fan va ma’naviy an’analar muloqoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Madaniy dastur doirasida esa Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining “Xaribulbul” teatr truppasi tomonidan Uzeyir Hojibeylining mashhur “Arshin mol olon” operettasi namoyish etildi. Mazkur tadbirlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 🤩 32
  • ❤ 24
  • 👍 23
  • 😁 19
  • 🔥 18
More from @eduuz
  1. Oct 15, 2026🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur “Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari…
  2. Oct 15, 2026Tyutorlik — talabani tinglash, uning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →