TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52987 9.7K
❗️Ilg‘or Xitoy ta‘limi endi Xivada!

“O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan Xivada Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etildi.

Bu yerda o‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.

2030/2031-o‘quv yiliga qadar talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.


2031-yildan keyin esa qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

Filial talabalarining amaliyotlari hududdagi korxonalarda dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

☝️Muhim jihati, talabalar xalqaro biznes, turizm boshqaruvi, sun’iy intellekt va xalqaro xitoy tili ta’limi yo‘nalishlarida tajribali xitoylik pedagoglardan tahsil olishlari mumkin.


Shuningdek, zamonaviy majmuada o‘quv binolari, kutubxona, sport zali va talabalar turar joylari namunali tashkil qilingan.

Qabul davom etmoqda.

👉 На руском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 6
More from @eduuz
  1. Oct 15, 2026🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur “Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari…
  2. Oct 15, 2026Tyutorlik — talabani tinglash, uning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘r…
  3. Oct 15, 2026#Hamkorlik O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tad…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →