TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52979 17.1K
Sunʼiy intellekt, texnologik taraqqiyot va inson salohiyati — eʼtibor markazida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etdi. Prezidentimiz sunʼiy intellekt, raqamli taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari sunʼiy intellektning imkoniyatlari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarga ham eʼtibor qaratib, raqamli taraqqiyot barcha uchun birdek manfaat keltirishi va texnologik rivojlanishdagi tafovutni qisqartirish zarurligini taʼkidladi.

Shu maqsadda Texnologik ishonch va sunʼiy intellektdan masʼuliyat bilan foydalanish boʻyicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi. Uni amalga oshirish doirasida OHIChK huzurida ekspertlar maydonini tashkil etish taklif qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Kengashning Inson mezoni boʻyicha koordinatori sifatidagi faoliyati doirasida kelgusi yili mamlakatimizda Inson salohiyatini rivojlantirish boʻyicha forum oʻtkazishga tayyorligi bildirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 9
  • 🔥 2
More from @eduuz
  1. Oct 15, 2026🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur “Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari…
  2. Oct 15, 2026Tyutorlik — talabani tinglash, uning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘r…
  3. Oct 15, 2026#Hamkorlik O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tad…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →