TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52873 34.2K
Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi.

Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/232125

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 48
  • ❤ 24
  • 🔥 8
  • 👏 1
More from @eduuz
  1. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak! Kore…
  2. Oct 13, 2026“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi Ja…
  3. Oct 13, 2026#KelajakTadbirkori_2026 Bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi — Farg‘onada Bugu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →