TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52888 13K
#KelajakTadbirkori_2026

Bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi — Farg‘onada


Bugun, 13-oktyabr kuni Farg‘ona shahrida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarka Markaziy bank, Milliy bank, Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi 10 ming nafardan ziyod yoshlar va ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Mazkur yarmarkada yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqot yo‘lga qo‘yilib, ishtirokchilarga bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, zamonaviy kasblarni egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda startap loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/232258

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 11
More from @eduuz
  1. Oct 14, 2026#Bitiruvchilar_bandligi |#Topshiriq_ijrosi Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvch…
  2. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak! Kore…
  3. Oct 13, 2026“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi Ja…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →