TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52835 42.5K
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/231315

👉 На руском
👉 In English

#VazirUchrashuvi #Natijadorlik #AmaliyYechim

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 68
  • ❤ 11
  • 🔥 8
  • 👏 2
More from @eduuz
  1. Oct 12, 2026#Tanlov #Natija 🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari ani…
  2. Oct 12, 2026❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Ya…
  3. Oct 12, 2026Yangi Toshkentda yangi inshootlar ishga tushirilib, yirik loyihalarning qurilishi boshland…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →