TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52776 17.5K
#HuaweiOʻzbekiston

Huawei O‘zbekiston talabalarini har yili o‘tkaziladigan “Huawei ICT Competition 2026–2027” xalqaro AKT tanlovida ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga taklif qiladi!

Tanlov YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Avvalgi tanlovda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini ham qamrab olgan holda, 100 ta mamlakat va hududdagi 2 000 dan ortiq oliy ta’lim muassasasidan 220 000 nafardan ziyod talaba va o‘qituvchi ishtirok etdi. Milliy va mintaqaviy saralash bosqichlaridan so‘ng 49 ta mamlakat va hududdan 177 ta jamoa joriy yil iyun oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan global final bosqichiga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston talabalari Huawei ICT Competition 2025–2026 tanlovining Practice Competition yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Jahon maydonida o‘z iste’dodingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.


Ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov shartlari va batafsil ma’lumot:

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 6
More from @eduuz
  1. Oct 10, 2026✨ O‘zbek tili va adabiyoti ustozlarini “E Voh” olimpiadasiga chorlaymiz! 🎉 21-oktyabr — O…
  2. Oct 10, 2026Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga ari…
  3. Oct 10, 2026#Tanlov_natija 📕 “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqichi ishtirokchil…
  4. Oct 10, 2026Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtis…
  5. Oct 10, 2026#Xalqaro_olimpiada 🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI Ol…
  6. Oct 10, 2026Ota-onangizning telefoni xavfsizmi? Bugungi kunda firibgarlar turli zararli fayllar va sox…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →