Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.
📆 Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
🌐 Arizalarni topshirish https://my.uzbmb.uz manzili orqali amalga oshiriladi.
👥 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
🎓 Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov qanday o‘tkaziladi?
📝 Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
☑️ Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin.
🗓️ Davlat grantlari belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.
‼️ Muhim! Tanlovt natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.
📌 Hurmatli talabalar!
Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni yakuniga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
