TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52379 5.35K
Vazir FISU va AUSF rahbariyati vakillari bilan uchrashdi

2026-yil 29-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) va Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF) rahbariyati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda FISU prezidenti Leonz Eder, Xalqaro universitet sporti federatsiyasi bosh kotibi oʻrinbosari Fernando Silva Parente, Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi prezidenti Qayrat Qayrullinovich, Moʻgʻuliston talabalar sporti federatsiyasi bosh kotibi Jargalsayxan Dorjsuren hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumini yuqori saviyada tashkil etish, Oʻzbekistonda talabalar sportini rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish hamda universitetlar sporti sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/226056

👉 На руском
👉 In English

#Forum #Talabalar_sporti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 8
  • 👏 3
  • 😱 1
More from @eduuz
  1. Sep 29, 2026“Besh tashabbus olimpiadasi”: talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalariga start beril…
  2. Sep 29, 2026#Mirziyoyev #uchrashuv #shaxmatchilar #taqdirlash Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va…
  3. Sep 29, 2026#xalqaro_hamkorlik #ilm_fan #konferensiya AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICT…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →